«старость и настоящее время: текущая ситуация, тенденции развития и предстоящие проблемы»
“Keksalik va hozirgi zamon: mavjud holat, rivojlanish tendensiyalari va istiqboldagi muammolar”
Download 4.8 Mb. Pdf ko'rish
|
Конференция 13-oktyabr 2022
“Keksalik va hozirgi zamon: mavjud holat, rivojlanish tendensiyalari va istiqboldagi muammolar”
mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to‘plami 128 Mamlakatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev 2020-yil 30-oktabrdagi PF-6099- son Farmonlar ijrosini ta’minlash, shuningdek, aholi sog‘ligini mustahkamlashga ko‘maklashadigan aniq dasturlarni amaliyotga joriy etish, yoshlar, ayollar va keksalarni sog‘lom turmush tarziga keng jalb qilish va ularni jismoniy faolligini oshirish uchun qo‘shimcha shart sharoitlar yaratildi. Aholining uzoq umr ko‘rish davomiyligini ta’minlash dolzarb masalalardan biridir. Zero, ushbu ko‘rsatkich insonlarning sog‘lom turmush tarzi va farovon hayoti ifodasidir. Shu o‘rinda sog‘lom turmush tarzi nima, unga amal qilish me’yorlari qanday, yurtimizda sog‘lom turmush tarzini qo‘llab- quvvatlash borasida olib borilayotgan chora-tadbirlar nimalardan iborat, kabi savollar tug‘iladi. O‘zbekiston miqiyosida engi uzoq umr ko‘rganlar soni bugungi kunga kelib (100 yoshdan oshgan ) 15 dan ortiq kishini tashkil qilganligini hisobga olgan holda, haqiqatan ham respublika miqiyosida o‘rtacha yoshni oshirish davlat darajasidagi masala sifatida ko‘rilishi bejizga emasdir. Bizga ma’lumki tarbiya-avlodlararo ijtimoiy-tarixiy va hayotiy tajribani uzatishga xizmat qiluvchi, oila, ta’lim muassasalari, ijtimoiy, siyosiy va boshqa tashkilotlar, OAV va boshqalar ta’siri ostida jismonan sog‘lom, ma’nan barkamol insonni shakllantiruvchi va takomillashtiruvchi uzluksiz jarayon hisoblanadi. Yuksak ma’naviyatni tarbiyalash vositasi hisoblangan, muayyan shaxs, jamoa, muayyan guruh, jamiyat, millatda jismoniy barkamollik, ruhiy, axloqiy, ma’naviy еtuklik kabi sifatlarni shakllantirishga qaratilgan amaliy ta’lim-tarbiya jarayonini ifodalovchi tushuncha bu- ma’naviy tarbiyadir. Ma’naviy tarbiya keng ma’noda inson shaxsini shakllantirishga, uning ishlab chiqarish va ijtimoiy, madaniy, ma’rifiy hayotda faol ishtirokini ta’minlashga qaratilgan barcha ma’naviy ta’sirlar, tadbirlar, harakatlar, intilishlar yig‘indisini ifodalaydi. Rudakiy axloqka oid asarlarida aql, idrok, xulq-atfor va bilim asosiy o‘rin egallagan. Bilimni hamma boyliklardan ustun qiladi, uning ayrim nasihatlari insonning qanday holatda baxtli bo‘lishi sharoitlarini aniqlashga yordam beradi. Yaxshi odob, yaxshi nom va aql. U insonlarning voqealarini ichki mohiyatidan uning tashqi tomonini ajrata bilishga chaqiradi. U yaxshilik saxiylik va ulug‘vorlikni targ‘ib qiladi. “Keksalikdan shikoyat qasidasi” asari moddalar bir shakldan ikkinchi shakllar o‘tishini hamda yo‘q bo‘lib ketmasligini ta’kidlaydi. Mamlakatning ertangi kuni, tinch va obod bo‘lishi eng oldin mana shu kichik jamiyatda o‘sib-unayotgan bolalarimizga bog‘liq. Qaysi oilada, qaysi mahallada tarbiya yaxshi yo‘lga qo‘yilar ekan, o‘sha oila, o‘sha mahalla gullab-yashnaydi. Farzand tarbiyasini qachondan boshlamoq kerak?, degan savol ko‘pchilikni o‘ylantiradi. Ko‘pchilik olimlar unga turlicha javob berib kelganlar. Xususan, Ibn Sino bola tarbiyasi bilan uning tug‘ilishidan avvalroq, ona qornidan boshlaboq shug‘ullanish lozim, deb |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling