“Keksalik va hozirgi zamon: mavjud holat, rivojlanish tendensiyalari va istiqboldagi muammolar”
mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to‘plami
125
Darhaqiqat, odam bolasining umri o‘tib keksaygan sari uning jismi zaiflashib boradi,
ammo
hayot sinovlarida toblangan, boshidan yaxshi va og‘ir sinovlarni o‘tkazgan
keksa yoshdagi kishilarning borligi barchamizga Allohning bergan ulug‘ ne’matidir.
Bu haqida janobi Payg‘ambarimiz (s.a.v) shunday deganlar.
“Agar oralaringizda
munkillagan qarilar, o‘tlab yurgan chorva hayvonlari va emizikli chaqaloqlar
bo‘lmaganida edi, boshingizga balolar selday oqib kelgan bo‘lardi.”
Xalqimizda qaysi bir xonadonda ota-ona yoki ulardan birlari hayot bo‘lsa, usha
oila bag‘ri butin oila deyiladi. Darhaqiqat, keksalarimiz yoshlarning ta’lim tarbiyasi,
odob-axloqini nazorat qilib, o‘z hayotiy
tajribalardan kelib chiqib, pandu nasihat
qiladilar. Unga rioya qilgan
yoshlar hayotda adashmay, jamiyatda o‘z o‘rinlarini
topishlari oson bo‘ladi.
Alloh taolo bizlarga keksalar tufayli shunchalar ko‘p marhamt ko‘rsatar ekan,
o‘z navbatida, bizlar ham ularning hurmatlarini joyiga qo‘yishimiz, izzat-ikrom
ko‘rsatishimiz lozim. Alloh taolo Qur’oni karimda keksalarga hurmat, xususan ota-
ona qariganda ularning xizmatida hozir bo‘lish haqida oyat nozil qilgan. (Isro surasi)
Rasululloh (s.a.v). ham hadislarining birida:
“Mo‘ysafid kishini hurmat qilish Alloh
taoloni ulug‘lash demakdir” deganlar.
Chunki
keksalarga yaxshilik qilishni, ularga hurmat-izzat ko‘rsatishni Alloh
buyurgan. Allohning amriga itoat etish esa uni ulug‘lashdir. Rasululloh s.a.v. (matn)
Do'stlaringiz bilan baham: