«старость и настоящее время: текущая ситуация, тенденции развития и предстоящие проблемы»


“Keksalik va hozirgi zamon: mavjud holat, rivojlanish tendensiyalari va istiqboldagi muammolar”


Download 4.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet128/201
Sana15.11.2023
Hajmi4.8 Mb.
#1777178
TuriСборник
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   201
Bog'liq
Конференция 13-oktyabr 2022

“Keksalik va hozirgi zamon: mavjud holat, rivojlanish tendensiyalari va istiqboldagi muammolar” 
mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to‘plami
133
ekanman o‘sha bolalikdagi go‘zallik nashidasi, alloma ijodkorlardan olgan o‘gitlar, 
ulardan ko‘rgan mehr va muruvvatlar, aniqsa Xolbek Yodgorov, Ma’ruf Nazarov, 
Laziz Qayumov, Farida Usmonova kabi jurnalistlardan olgan ibratlarim, To‘g‘on 
Ernazarov, Anvar Shomaqsudov, Saydi Umarovlardan olgan saboqlarim menga 
hamqadam bo‘ldi. Hayot yo‘limning chirog‘i bo‘ldi. Shundanmikan odamlar orasida 
ko‘p bo‘ldim. Mehnat safarlarida yurib yoshlar hayotlarini o‘rgandim. Tahririyatga 
kelgan arznomalarni tekshirishga borib o‘nlab joylarda hal qilib qaytdim. Marg‘ilonda 
rus qizni ishdan sababsiz xaydashganda joyga borib o‘rganib qayta ishga joylashtirib 
qaytgandim. U еrdagi qadamjo haqida 1968-yili “Muqaddas kabutarlar” sarlavhali 
ocherk yozgandim. Xorazmlik to‘rt nafar maktab bitiruvchisini ota-onasi turmushga 
bermoqchi bo‘lishganda, yozgan shikoyatlariga asosan borib o‘rganib to‘rttalasini 
Xiva tibbiyot texnikumiga joylashtirib qaytganim esimda. “Bulbulcha” ansambili tarixi 
ham faoliyatimdan o‘rin olgan. Yosh oilalarni, qo‘ni-qo‘shnilarni yarashtirish borasida 
ham tahririyat topshirig‘iga binoan ko‘p ishlar qilingan. Ehtimol shu savobli ishlar 
evaziga hayot meni siyladi. Yana qo‘limda birga xizmat qilgan Amirqul Karim, Umida 
Abduazimova, Qo‘chqor Norqobil, Sirojiddin Raupov va yana qancha yoshlarga 
ma’lum darajada ish o‘rgatdim. Bu ham savob desa bo‘lgulik, hullas hayotim kitobini 
varaqlasam yorqin sahifalar bisyor.
1985-yili “O‘zbekistonda xizma ko‘rsatgan madaniyat xodimi” unvoniga sazovor 
bo‘ldim. O‘shanda erta tongda maktabimiz direktor Xakimjon Xoshimovning birinchi 
bo‘lib tabriklagani unvonni qadrini yana yuz bor oshirgandi nazarimda.
Shukrki o‘g‘il-qizlarni uylantirish, uzatish pallasiga ham еtib keldik. Quda 
andalikning ham o‘ziga yarasha gashti, zavqi va mas’uliyati bor. Ota-ona uchun 
esa farzand baxtini ko‘rishdek yuksak mukofot yo‘q. Afsus uni oldindan belgilab 
bo‘lmaydi. Buni hayot deydilar. Adashadi, qoqiladi. Bunday paytda ota-ona ayniqsa, 
onalar iztirob chekadi. Farzandning yo‘lini topib ketishi aniq, shunday bo‘lsa-da onalar 
yostig‘i xo‘l bo‘ladi, halovati yo‘qoladi. Nafaqat halovat sog‘ligini yo‘qatayotgani 
ko‘ziga ko‘rinmaydi. Axir u ona-da!
Yana shu narsa quvonarliki buning hammasini yaratgan egam ko‘rib turadi. Har 
bir qadamingiz, sabr-bardoshingiz, oqqan ko‘z yoshingiz uchun mukofotlaydi.
Shukrki ana shu mukofot tufayli baxtiyor, farovon yashayapmiz. Nabiralar qatorga 
kirishdi. Abiralar safi kengaymoqda, ijod olamida ozmi-ko‘pmi kitoblar chiqardim. 
Bolalikdan qalbim tubida turgan niyat bor edi. Katta G‘afur akam dutor chalib qo‘shiq 
aytganlarida, ayniqsa “ushshoq”ni nazarimda bog‘imizdagi olcha, gilosu, shaftoli 
o‘riklar ham shoxlarini egib tinglagandek bo‘lardi. Ko‘cha eshikdan Zamira buvi, 
Xumayro opoqi, Qumri opa, Mahbuba kennoyilar kirib kelib, tinglashari. Afsus, akam 



Download 4.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   201




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling