«старость и настоящее время: текущая ситуация, тенденции развития и предстоящие проблемы»


“Keksalik va hozirgi zamon: mavjud holat, rivojlanish tendensiyalari va istiqboldagi muammolar”


Download 4.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet127/201
Sana15.11.2023
Hajmi4.8 Mb.
#1777178
TuriСборник
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   201
Bog'liq
Конференция 13-oktyabr 2022

“Keksalik va hozirgi zamon: mavjud holat, rivojlanish tendensiyalari va istiqboldagi muammolar” 
mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to‘plami
132
Ayniqsa turli xil rangdagi atirgullarning ifori, dilni yayratardi, jiyda gullaganda 
esa bog‘ qo‘ynida oshiq-ma’shuqlar sayr qilishardi. Lekin mahallamizda biron kimsa 
qaytib kelsa (g‘alabad so‘ng vaqt o‘tganda ham) onam rahmatli yana qayg‘uga ko‘milib 
yig‘lardilar. Onamning yig‘lashini ko‘rib ezilib ketardim.
Duxobaga o‘rab qo‘yilgan “qora xat”ni otam bilan onam ko‘tarib, eh-he qancha 
yurishmadi. Ayniqsa mahallamizdagi katta harbiy Omon aka ancha sarson qilgani 
esimda, huddi aniqlab, akamni topib beradigandek. Axiyri hujjatlar muhimi “qora 
xat”ning bir qismi o‘sha odam qo‘lida “yo‘q” bo‘ldi, onam esa akam tishlab ketgan 
non va do‘ppilarini umrlarining oxirigacha saqladilar. Otam o‘qituvchi va mahalla 
raisi, onam faol jamoatchi bo‘lganlar, katta-kichik ularni hurmat qilishardi. Shu bois 
biz farzandlar ham yaxshi o‘qishimiz kerak edi. Bu borada bizlarga nazorat kuchli 
bo‘lgan.
Oilada o‘ziga yarasha moddiy qiyinchiliklar ham yo‘q emasdi. Ayniqsa urush 
tugagan yillar “zabornыy”ni ko‘tarib kechasi nonga navbatda turishlikni hech birimiz 
yoqtirmasdik. Lekin navbatma-navbat chiqishni odat qilib olganmiz. 50-70-yillarda 
Taxtapul chindan ham go‘zallashib ketdi. Katta еr maydonlari odamlarga uchastkaga 
bo‘lib berildi. Qator uchastkalar, ravon ko‘chalar paydo bo‘ldi. Ammo bog‘dagi tarovat, 
suv bo‘yidagi majnuntollari, gullar ifori yo‘qola boshladi. O‘sha go‘zallik, o‘sha 
latofat, o‘sha manzara, bolalik-yoshlik qalbimda hamon saqlanib qolgan. O‘sha zavq va 
o‘sha go‘zallik tufayli yozuvchilar uyushmasiga ishga kirdim, she’r mashq qildim. 
TashDUga kechki bo‘limga o‘qishga kirdim, kunduzi Shuxratning “Shinelli yillar”, 
O.Yoqubovning “Muqaddas”, Hamid G‘ulomning “Toshbolta oshiq”, Mirtemirning 
“Manas” ning qirg‘izga to‘g‘ridan-to‘g‘ri (diktovka) tarjimalarini mashinkada ko‘chirib, 
adabiyotga ixlosim kuchaydi. Uyushmada G‘afur G‘ulom, Oybek, Komil Yashin, 
Uyg‘un, Shuxrat, Asqad Muxtor, Shayxzoda va yana o‘nlab alloma ijodkorlarni ko‘rib 
ular suhbatlaridan bahramand bo‘lish menga qanot baxsh etdi. Ayniqsa Muzayyana 
opa, Saida opa, Zulfiya opa men o‘tiradigan mo‘jaz xonada bir piyola choy ustida 
suhbatlashib qolishsa mendan baxtiyor odam yo‘q edi. Shu suhbat, shu davralar o‘z 
navbatida meni hayotga tayyorladi, umrni mazmunli o‘tkazishga dav’at etdi. Halollik
poklikka yurtni sevishga, vatanparvarlikka o‘rgatdi. Keyinchalik “Yosh leninchi” 
gazetasiga o‘tganimda Abdulazal Vahobov, Muhammadjon Qo‘shoqov, Muxtor 
Ahmedov, Rustam Shog‘ulomov kabi qalbi keng, mehribon, muruvvatli ustozlarga 
duch keldim.
Hayot meni siyladi, erkaladi, oila qurdim, farzandlarim birin-ketin voyaga еtishdi. 
O‘qib, o‘rganib, hayotda yo‘llarni topishdi. Ular ham bolalikdan hayot xaritasini 
chizib, intilib yashashmoqda. Gazetada adabiyot va san’at bo‘limini boshqarar 



Download 4.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   201




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling