«старость и настоящее время: текущая ситуация, тенденции развития и предстоящие проблемы»


“Keksalik va hozirgi zamon: mavjud holat, rivojlanish tendensiyalari va istiqboldagi muammolar”


Download 4.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet129/201
Sana15.11.2023
Hajmi4.8 Mb.
#1777178
TuriСборник
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   201
Bog'liq
Конференция 13-oktyabr 2022

“Keksalik va hozirgi zamon: mavjud holat, rivojlanish tendensiyalari va istiqboldagi muammolar” 
mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to‘plami
134
juda erta qirq yoshda vafot etdilar. Ulardan dutor chalishni o‘rganib ulgurmadim. Shu 
niyat qalbim tubiga cho‘kkan edi.
Prezidentimiz Sh.Mirziyoyevning besh tashabbuslari niyatimni amalga oshirishga 
sabab bo‘ldi. Asli qo‘shiq aytish jonu dilim, keyingi ikki-uch yil ichida dutor chalishni 
ham o‘rgandim. Dastlab notalarni o‘rganib, so‘ng mashhur sozanda Ilyos Lutfullaevdan 
saboq oldim. Besh tashabbusning uchtasini bajarish qo‘limdan kelayotganidan 
baxtiyorman. She’rlarim matbuotda ko‘rinib turibdi, kitoblarim chiqyapti, sportga 
oshnoman. Piyoda yuraman. Sog‘lik uchun foydali. Dutor chalib qo‘shiq, aytaman, 
texnologiyani to‘la egallash borasidaharakat qilayapman.
Besh tashabbusni yoshlar orasida targ‘ib qqilish nuroniy onaxon va otaxonlarga 
tushuntirish ishlarida birmuncha faol bo‘lganimdan suyunaman, jumladan Bo‘ka 
tumanida o‘tkazilgan qator tadbirlarda qatnashib xalqimiz hayotdan roziligidan 
quvondim. Prezidentimiz olib borayotgan ishlar yotti yoshdan еtmish yoshgacha 
odamlarga zavq-shavq ulashayotganidan ko‘ngil ravshan tortadi. Buni Navoiy, 
Sirdaryo viloyatlariga mehnat safari chog‘ida shohidi bo‘ldim. Shaxarda 40, 110, 
38 va boshqa qator maktablarda, Toshkent texnologiya institutida va boshq ko‘pgina 
joylarda o‘tkazilgan tadbirlardan ham olam-olam zavq oldim.
O‘tgan yili hayotimda yana katta voqea yuz berdi. 1-darajali mehnat faxriysi 
ko‘krak nishoni sohibasi bo‘ldim. Hukumatimiz tomonidan berilgan bu yuksak mukofot 
yana qanot bag‘ishladi. Ko‘nglim yayradi, tilim sayradi! Axir bunday dorilamon 
zamonlarga shukur qilmay bo‘ladimi?! Shukr Olloh o‘zingga shukr. Nabira kelinlaru
nabira kuyovlar ko‘rdim. Ko‘rsatganingga shukr. Bundan buyon ham nevara, evaralar 
davrasida keksalik gashtini surish bilan birga, ijod mehnat qilib, jamoat ishlarida faol 
bo‘lib yashash niyatidaman.
Ko‘rsatilgan g‘amxo‘rliklarga javoban biz nuroniy keksalar ham el-yurt ravnaqi 
yo‘lida, yoshlarni munosib tarbiyalashda faollikni qo‘ldan boy bermaylik. Shukrona 
qilib yashaylik. Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo. 
Umr berding Alloh, yashab yuribman,
Toshlar orasidan durlar terib man,
Barchani o‘zimdek yaxshi ko‘ribman,
Shukur deyman Alloh, o‘zingga shukur.
Aqlimni taniboq men baxt izladim,
Hayotda juda ko‘p maqsad ko‘zladim,
Har qadam, har onda shirin so‘zladim,
Shukur deyman Alloh, o‘zingga shukur.



Download 4.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   201




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling