“Keksalik va hozirgi zamon: mavjud holat, rivojlanish tendensiyalari va istiqboldagi muammolar”
mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to‘plami
180
– “Buvimni har bayramda o‘quvchilari yo‘qlab kelishadi. Ko‘pincha ular
nabiralarini ham olib kelib buvimni o‘rnak qilib ko‘rsatishadi. Buvim “ustoz –
otangdek ulug‘”, deb bejiz aytishmagan, deydilar”. Ularga o‘xshashni istayman”;
– “Buvam oyoqlaridan urushda ayrilgan ekanlar. “Urushning nomi o‘chsin,
tinchlik – oliy ne’mat”, deydilar doim. Tinch yashashning qadriga еtish kerak”.
Bir tomondan bo‘lg‘usi oilaviy rollarga tayyorgarlik o‘taladigan, boshqa tomondan
esa oila tomonidan ijtimoiy vakolatli, еtuk shaxs shakllantiriladigan oilaning
bola tarbiyasidagi o‘ziga xos o‘rni shubhasiz ekanini ta’kidlagancha qadriyatli
yo‘nalishlarning qaror topishida ham
Qarindoshlar qarovida bo‘lgan bolalar uchun “baxtli oila” tushunchasi o‘rnini
“muvaffaqiyatli karera”, “moddiy ta’minot” kabi tushunchalar egallagan bo‘lsa, keksa
avlod vakillari bo‘lmish buvi-buvalar qarovida bo‘lgan bolalar “mehr-muhabbat”,
“yaxshi do‘st, “salomatlik”, “xavfsizlik”, “tinchlik”, “tabiat mehrga muhtoj” kabi
atamalarning asl mohiyatini yaxshi tushunadilar. Shuningdek, qadriyatli yo‘nalishlarida
“bilim olish”, “barqaror shaxsiy munosabatlar”, “haqiqiy sevgi”, “sodiq do‘st bo‘lish”,
“oila” kabi tushunchalarning o‘rni saqlanib qolgan.
“Qadriyatlar va xulq-atvor me’yorlarining avlodlararo uzluksizligining buzilishi,
oldingiavlodlarning ijtimoiy tajribasi qadrining yo‘qolishi natijasida, ba’zi rus olimlari
ta’kidlaganidek, ijtimoiy tartibga solishning universal modellari mavjud bo‘lmaganida,
yoshlarda individuallashtirish o‘z-o‘zini boshqarish shakli sifatida birinchi o‘ringa
chiqadi”
[4].
Xulosa tarzida aytish mumkinki, avlod-ajdodlarimiz tomonidan to‘plangan
bitmas-tuganmas milliy qadriyatlar amal qiladigan mamlakatimizda o‘sib kelayotgan
avlodning ma’naviy qashshoqlashishiga yo‘l qo‘ymaslik, o‘z kelajagini, milliy
qadriyatlarni saqlab qolish uchun, ayniqsa, mehnat migrantlarining oilalarida barcha
ijtimoiy institutlar ta’sirini ishga solgan holda yosh avlodda etik va axloqiy barqaror
qadriyatlarning shakllanishi va rivojlanishiga erishishga harakat qilmog‘i darkor.
Do'stlaringiz bilan baham: |