«старость и настоящее время: текущая ситуация, тенденции развития и предстоящие проблемы»
“Keksalik va hozirgi zamon: mavjud holat, rivojlanish tendensiyalari va istiqboldagi muammolar”
Download 4.8 Mb. Pdf ko'rish
|
Конференция 13-oktyabr 2022
“Keksalik va hozirgi zamon: mavjud holat, rivojlanish tendensiyalari va istiqboldagi muammolar”
mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to‘plami 179 Migratsiya: – sabablari (ixtiyoriy va majburiy); – tipi (ichki va tashqi); – turi (ortga qaytadigan va ortga qaytmaydigan) bo‘yicha farqlanadi. Migratsiyaning ixtiyoriy sabablari orasida salmoqli o‘rinni “oilaning iqtisodiy farovonligini ta’minlash” egallaydi. Oilani hamisha muqaddas sanagan o‘zbek xalqi ham bugungi kunda dunyo bo‘ylab mehnat migratsiyasi jarayoni ishtirokchisi sifatida hayot kechirmoqdalar. Oilada er yoki xotinning mehnat migratsiyasida bo‘lishi ularning farzandlari tarbiyasida muayyan iz qoldirishi, tabiiy. Biroq har ikki ota- onaning mehnat migratsiyasiga chiqib ketishichi?! Voyaga еtayotgan farzandlarini keksa avlodga: ota-onasi yoki buvi-buvasiga yoki xolasi, amakisi, tog‘asiga tashlab ketar ekanlar, ularning kelajagini iqtisodiy jihatdan ta’minlayotganlariga ishonadilar. Biroq masalaning ma’naviy jihatini nazardan qochirayotganlarini hamisha ham anglab еtmaydilar. Chunki: – ota-onalaridan biri yoki har ikkalasi mehnat migratsiyasiga chiqib ketgan holatda bolalar tirik ota-onasi bo‘la turib, o‘zlarini noto‘liq oilada voyaga еtayotgandek idrok etadilar; – 3 yoshdan keyingi yosh davriga o‘tish va o‘smirlik, o‘spirinlik yoshiga o‘tishdagi o‘ziga xoslikni qiyinchilik bilan boshdan kechiradilar; – ota-ona g‘amxo‘rligidan, ko‘magi, nazorati-yu, mehridan baxramand bo‘lmagan bolalar psixologik stressni his qilib yashaydilar; – erta ulg‘ayishga duchor qilingan bolalar ishonchni yo‘qotadilar, kattalar va tengdoshlari bilan muloqotda qiyinchilikni his qiladilar. Ham ota, ham onasi mehnat migratsiyasiga chiqib ketayotgan bolalar ko‘p hollarda buvi-buvalarga, yaqin qarindoshlarga qoldiriladi. Katta avlodning yosh xususiyatiga ko‘ra, bolalar muayyan nazoratda bo‘ladilar, biroq yaqin qarindoshlarning o‘z shaxsiy oilalari borligi tufayli еtarlicha e’tibor qaratilmagan bolalar ko‘pincha o‘z hollariga tashlab qo‘yiladi. Tadqiqotimiz doirasida bolalarning oiladagi munosabatlarda buvi- buvalari orqali milliy qadriyatlarning singdirilayotganiga amin bo‘ldik: – “Men mustaqil hayotga qadam qo‘yganimda buvamga o‘xshab yurtimizga xizmat qilaman. Fabrika qurib, sex ochaman, ko‘plab odamlarni ishga olaman. Shunda ularning yaxshiroq yashashiga hissa qo‘shaman va hech kim chet elga chiqib ketmaydi”; – “Buvim yoshliklaridan gilam to‘qigan ekanlar, hozir hamma ishni texnika bajarsa-da, qo‘l mehnati ko‘pchilikka yoqadi. Men ham hunarmand bo‘laman”; – “O‘z ishimni ustasi bo‘lsam, ko‘p pul topaman va ota-onamni haj safariga olib boraman”; |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling