«старость и настоящее время: текущая ситуация, тенденции развития и предстоящие проблемы»
“Keksalik va hozirgi zamon: mavjud holat, rivojlanish tendensiyalari va istiqboldagi muammolar”
Download 4.8 Mb. Pdf ko'rish
|
Конференция 13-oktyabr 2022
“Keksalik va hozirgi zamon: mavjud holat, rivojlanish tendensiyalari va istiqboldagi muammolar”
mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to‘plami 178 3) pedagogika oilani bolalar va o‘smirlarning tarbiyalashdagi asosiy ijtimoiy institut sifatida tan oladi; 4) yurisprudensiya – oila a’zolarining huquqiy munosabatlari va majburiyatlarini tadqiq etgancha, oilani a’zolari o‘zaro huquqiy burch bilan bog‘langan kichik jamoa sifatida ta’riflaydi; 5) sotsiologiya oilaga jamiyat uchun, avvalo, hayotiy zarur bo‘lgan reproduktiv, ijtimoiylashgan va ekzistensial funksiyalarni bajaruvchi eng muhim institut, jamiyatning kichik tizimi sifatida qiziqish bildiradi. Jamiyatning noyob bioijtimoiy bo‘g‘ini bo‘lgancha oila o‘zining ijtimoiy jihatdan ahamiyatli qadriyatlar tizimini shakllantirish va rivojlantirishdagi roli boshqa ijtimoiy sub’ektlardan tubdan farqlanadi. Chunki faqat oiladagina hayotiy qadriyatlarning madaniy mazmuni singdiriladi, integratsiya jarayoni uzluksiz boradi. Qadriyatli yo‘nalishlar tizimi – turmush tarzining eng muhim komponenti (turmush tarzi – hayot kechirish darajasi) [2]. Zamonaviy jamiyatda qadriyatlar tizimi shaxsning rivojlanishiga, shuningdek, oila qurishi, kasbiy shakllanishiga ta’sir ko‘rsatuvchi shaxs dunyoqarashining elementi hisoblanadi. Aytish mumkinki, qadriyatlar tizimi barcha o‘zaro ijtimoiy harakatlarni boshqaradigan fundamentdir. Kimlar uchundir qadriyatlar ierarxiyasi doirasida moddiy mo‘ljal to‘plami, ya’ni oziq-ovqat, kiyim- kechak, pul, sayru-tomosha birinchi planga chiqadi. Boshqalar uchun esa bu to‘plam hayotiy muhim bo‘lmaydi, aksincha ma’naviy qadriyatlar birinchilikni kasb etadi. Tan olish lozimki, ijtimoiy aloqalar va munosabatlarning ko‘p qirraliligini kuchayishi oqibatida oilaning tabiati birmuncha o‘zgardi. Mutaxassislar oilaviy munosabatlarning o‘zgarishi, nikoh va ota-onalik institutlarining kelgusida ajralishi sharoitida yangi institutlarning, ijtimoiy maqomlar va ota-onalar xulq-atvorining me’yorlari yuzaga kelishiga e’tibor qaratdilar. “Bu jarayonlar davomida quyidagi ko‘rinishlar kuzatiladi: – tug‘ilishning pasayishi va o‘limning ko‘payishi; – xatar guruhidagi oilalar sonining ortishi; – o‘smirlar muhitida deviant axloqning yuqori darajasi; – turmush tarzi sifatida yolg‘izlik fenomenining institutitsiallashuvi” [3]. Tadqiqot mavzuimiz mehnat migrantlarining oilalari bo‘lgani bois, shu toifa oilalaridagi qadriyatlar va munosabatlarga to‘xtalishni lozim topdik. Migratsiya jarayoni bugungi kunda dunyoning farovonlik jihatidan faqir davlatlardan tortib, rivojlanayotgan davlatlari-yu, rivojlangan davlatlarga ham daxl qilib ulgurdi. Aholi migratsiyasi – bu fuqarolarning doimiy yashash yoki o‘qish yoxud mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun hududda vaqtincha bo‘lish joyini o‘zgartirish maqsadida ham ichki, ham tashqi chegarani har qanday kesib o‘tishi bilan bog‘liq ham qanday ma’muriy-hududiy harakatidir [1]. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling