«старость и настоящее время: текущая ситуация, тенденции развития и предстоящие проблемы»


“Keksalik va hozirgi zamon: mavjud holat, rivojlanish tendensiyalari va istiqboldagi muammolar”


Download 4.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/201
Sana15.11.2023
Hajmi4.8 Mb.
#1777178
TuriСборник
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   201
Bog'liq
Конференция 13-oktyabr 2022

“Keksalik va hozirgi zamon: mavjud holat, rivojlanish tendensiyalari va istiqboldagi muammolar” 
mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to‘plami
6
Rustam Kalanov,
 Toshkent shahar nuroniy jamg‘armasi raisi,
senator
TOSHKENT SHAHRIDA NURONIYLARNI QO‘LLAB-QUVVATLASH 
BORASIDA AMALGA OSHIRILGAN ISHLAR
Assalomu alaykum, anjuman qatnashchilari!
Mahalla yo‘nalishida jami 
22 453 nafar (shundan 13 384 nafari otaxonlar va 
069 nafari esa onaxonlar) faol keksa nuroniylar bo‘lib, ular quyidagi ijtimioy faollik 
yo‘nalishlariga jalb etilgan: 
Uyushmagan yoshlarga biriktirilgan keksalar – 2 082 nafar;
Notinch oilalarga biriktirilgan keksalar – 823 nafar;
Tarbiyasi og‘ir yoshlarga biriktirilganlar – 287 nafar;
Oilalarni yarashtirishda qatnashayotganlar – 3 512 nafar;
Ishsiz yoshlarga hunar o‘rgatayotganlar – 726 nafar va boshqa yo‘nalishlarda.
1 560 ta oilani nuroniylar ko‘magida (66,5 %) yarashtirishga erishildi.
Shuningdek, 3 451 nafar yoshning nikoh to‘ylari Nuroniylar maslahat kengashlari 
orqali ixcham tarzda o‘tkazishga erishildi.
“Bir nuroniy o‘n yoshga mas’ul” tamoyili asosida mahallalarda hayotiy va katta 
amaliy tajribaga ega bo‘lgan obro‘- e’tiborli nuroniylar va ziyolilarni ishsiz, tarbiyasi 
og‘ir va muammoli yoshlarga biriktirish orqali ularning jamiyat uchun foydali insonlar 
bo‘lib yеtishishiga ko‘maklashish dasturlari ishlab chiqilgan va ijroga qaratilgan.
Shuningdek, Toshkent shahrida 579 nafar (shundan 490 nafari otaxonlar va 89 
nafari onaxonlar) faol nuroniylarga 5 701 nafar (4308 nafar yigitlar, 1393 nafar 
qizlar) uyushmagan ijtimoiy ko‘makka muxtoj yoshlar biriktirildi. Har bir yosh bilan 
individual ishlar olib borilmoqda. Shundan 3 933 nafar yoshning muammolari o‘z 
yеchimini topdi. Jumladan, ularning bandligi ta’minlandi, oylik o‘quv kurslariga jalb 
etildi, profilaktik ro‘yxatdan chiqarildi, oilalari yarashtirildi, uyushmagan yoshlarga 
murabbiylar tayinlandi.

Download 4.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   201




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling