“Keksalik va hozirgi zamon: mavjud holat, rivojlanish tendensiyalari va istiqboldagi muammolar”
mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to‘plami
10
– uyida yotib qolgan 8 709 nafar hamda shifoxonalarda davolanayotgan 948 nafar
nuroniylarning holidan xabar olish, ularga moddiy va ma’naviy yordamlar ko‘rsatish
tadbirlari uyushtirildi;
– 214 nafar keksaning tomorqa ishlariga ko‘maklashiildi;
– 483 ta mahallada keksa avlod vakillarining yoshini hisobga olgan holda shaxmat-
shashka, 347 tasida esa piyoda yurish, voleybol, mini-futbol, stol tennisi kabilar
bo‘yicha “Keksalar zavqi” sport musobaqalari o‘tkazildi, ularda 14 554 nafar nuroniy
ishtirok etdi;
– 317 ta ta’lim muassasasida “Keksalar — oila chirog‘i” mavzusida qo‘shimcha
mashg‘ulotlar o‘tkazildi, shuningdek, 271 ta maktabdagi to‘garaklar faoliyatiga 4
696 nafar keksa jalb etildi, ular ishtirokida “Nuroniylar yoshlar nigohida” mavzusida
uchrashuvlar tashkillashtirildi.
Nuroniylar o‘rtasida madaniy-ma’rifiy va targ‘ibot tadbirlari:
– 342 ta mahallada keksalarning diydorlashuv tadbirlari, 153 tasida tomorqadan
samarali foydalanish bo‘yicha tadbirlar tashkil etilib, ularga 11 880 nafar keksa va
nuroniylar jalb etildi;
– “Asr bilan yuzma-yuz” tadbirlari doirasida 100 yosh va undan katta 21 nafar
nuroniylar holidan xabar olindi, 1 017 nafar keksalar va yoshlar ushbu tadbirlarga
jalb etildi;
– 16 ta harbiy qismda 223 nafar nuroniylar va nafaqadagi harbiy xizmatchilar
ishtirokida “Keksalar ma’rifati” mavzusida ma’naviy tadbirlar uyushtirildi;
– 311 ta mahallada “Bobom, buvim va men kitobxon” shiori ostida kitobxonlik
aksiyalari, 412 tasida “Kasbim – faxrim” mavzusida uchrashuvlar tashkil etildi, ularga
14 411 nafar keksa avlod vakillari hamda 18 237 nafar yosh avlod vakillari jalb etildi;
– 579 ta mahallada 13 249 nafar nuroniylar ishtirokida oilalarni mustahkamlash,
yosh avlodni milliy qadriyatlarga hurmat qilish ruhida tarbiyalash targ‘ibot tadbirlari
o‘tkazildi, ularga 16 501 nafar yoshlar jalb etildi;
– 170 ta mahallalarda milliy mahsulotlarning ko‘rgazmasi o‘tkazildi;
– 473 ta mahallada “O‘zbekiston – umumiy uyimiz” shiori ostida turli millat
vakillari o‘rtasida madaniy-ma’rifiy tadbirlar, 152 tasida amaliy san’at, hunarmandchilik
buyumlari, milliy mahsulotlarning ko‘rgazmasi o‘tkazildi;
– 313 ta ta’lim muassasasida “Nuroniylar yoshlar nigohida” mavzusida
uchrashuvlar, 248 tasida “Bobomning aytishicha” mavzusida “Nabiralar inshosi”
tanlovi o‘tkazildi, ularda jami 6568 nafar nuroniy va 12 018 nafar yoshlar ishtirok etdi;
Do'stlaringiz bilan baham: |