«старость и настоящее время: текущая ситуация, тенденции развития и предстоящие проблемы»
Download 4.8 Mb. Pdf ko'rish
|
Конференция 13-oktyabr 2022
- Bu sahifa navigatsiya:
- “Keksalik va hozirgi zamon: mavjud holat, rivojlanish tendensiyalari va istiqboldagi muammolar” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to‘plami 9
138 mingdan ortiq keksalar va 469
mingdan ortiq yoshlar jalb etildi. O‘zgalarning parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz keksalar va yolg‘iz yashaydigan keksalarni ma’naviy tomondan qo‘llab-quvvatlash maqsadida Yoshlar ishlari agentligi hamda ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda “Nuroniylar e’zozimizda” shiori ostida faol yoshlardan iborat bo‘lgan ko‘ngilli patronaj guruhlarini shakllantirish va ularni rag‘batlantirish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi hamda ijroga qaratildi. Ushbu guruhlar tomonidan har oyda kamida bir marotaba o‘zgalarning parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz keksalar va yolg‘iz yashaydigan keksalarning holidan xabar olish tizimi yo‘lga qo‘yildi hamda jamoatchilik nazorati o‘rnatildi. Toshkent shahrida joriy yilda 645 nafar yolg‘iz pensioner va nogironligi bo‘lgan shaxslar ro‘yxatga olingan, ulardan 494 nafari yakka-yolg‘iz, o‘zgalar parvarishiga muhtoj, 151 nafari o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz yashovchilarga esa O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 237-sonli qaroriga asosan ijtimoiy xizmat ko‘rsatiladi. Ro‘yxatga olingan yolg‘iz pensioner va nogironligi bo‘lgan shaxslardan dispanser ko‘rigi natijalariga ko‘ra, 645 nafar yakka-yolg‘izlar uyda ijtimoiy xizmat ko‘rsatishga muhtojligi belgilanib, ularga tuman tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish bo‘limining ijtimoiy xodimlaridan 71 nafari xizmat ko‘rsatib kelmoqda. “Keksalik va hozirgi zamon: mavjud holat, rivojlanish tendensiyalari va istiqboldagi muammolar” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to‘plami 9 Ushbu guruhlar tomonidan har oyda kamida bir marotaba o‘zgalarning parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz keksalar va yolg‘iz yashaydigan keksalarning holidan habar olish tizimi yo‘lga qo‘yildi. O‘zgalar parvarishiga muhtoj 494 nafar yolg‘iz pensioner va nogironligi bo‘lgan shaxslarga 302,8 mln so‘mlik 19 xil turdagi bepul eng zarur oziq-ovqat mahsulotlari va gigiyenik vositalari, ularga biriktirilgan ijtimoiy xodimlar orqali belgilangan muddatlarda yyеtkazib beriladi. 2022-yil davomida 1 160 nafar pensioner va nogironligi bo‘lgan shaxslar O‘zbekiston Respublikasi Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligi tizimidagi sanatoriylarida dam olish va davolanish uchun bepul yo‘llanmalar bilan ta’minlandi. Jumladan, Mirzo Ulug‘bek tumani “Ulug‘bek” shaharchasi Uzumzor ko‘chasi 12- uyda istiqomat qiluvchi 103 yoshni qarshilagan ijtimoiy himoyaga muxtoj Usametova Kunduz ayaning holidan xabar olinib ularning xonadonlarida hashar uyushtirildi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 26-sentabrdagi “Keksalar haftaligi”ga tayyorgarlik ko‘rish va uni yuqori saviyada o‘tkazish chora- tadbirlari to‘g‘risidagi 4-sonli bayoni ijrosini ta’minlash maqsadida quyidagi ishlar amalga oshirildi: – keksa avlod vakillarini qo‘llab-quvvatlash va ularning ijtimoiy faolliklarini oshirish maqsadida 519 ta mahallada xalq deputatlarining, 497 tasida esa davlat boshqaruvi organlari rahbarlarining keksa avlod vakillari bilan ochiq muloqotlari o‘tkazildi, ularda 23 397 nafar nuroniylar ishtirok etdi; – “Saxovat” va Muruvvat” uylarida 212 nafar keksalar uchun 5 ma rotaba madaniy tadbirlar va ijodiy uchrashuvlar o‘tkazildi; – boshqa hududlarga 2 065 nafar nuroniyning, o‘z hududlardagi muzeylar va ziyoratgohlarga 6 576 nafar nuroniylarning sayohatlari uyushtirildi; – 341 ta mahallada 13 248 nafar keksa chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi; – nogironligi bor 195 nafar keksaga reabilitatsiya vositalari (nogironlik aravachalari, hassa va qo‘ltiqtayoq, eshitish moslamasi kabilar), 5149 nafar yakka yolg‘iz keksalarga oziq-ovqat mahsulotlari taqdim etildi, 1159 nafari esa zarur dori-darmonlar bilan ta’minlandi; – 665 nafar keksalarning xonadonlarida hasharlar, 54 nafar yakka yolg‘iz keksalarning esa yubiley kechalari o‘tkazib berildi; – “Keksalik – hayotning ajib fasli” mavzusida 407 ta ko‘rgazmalar tashkil etilib, ularga 6741 nafar keksalar jalb etildi; |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling