“Keksalik va hozirgi zamon: mavjud holat, rivojlanish tendensiyalari va istiqboldagi muammolar”
mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to‘plami
51
Furqat Sodiqov,
“Strategik tahlil va prognozlashtirish”
bo‘limi kichik ilmiy xodimi,
tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
O‘ZBEKISTONDA KEKSA AVLOD VAKILLARINI
QO‘LLAB-QUVVATLASH BORASIDAGI ISLOHOTLAR
Annotatsiya. Maqolada oxirgi yillarda O‘zbekistonda keksalarni qo‘llab-quvvatlash borasida
amalga oshirilgan islohotlar statistik ma’lumotlar, qabul qilingan normativ hujjatlar asosida tahlil
qilingan.
Kalit so‘zlar: keksa, “Saxovat” va “Muruvvat” uylari, pensiya, “Keksalar haftaligi”, “Keksalar
turizmi”, “Keksalar maslahati”, “Buvijonlar maktabi”, “Nuroniy”, islohot.
Аннотация. В статье на основе статистических данных и принятых нормативных
документов анализируются реформы, проводимые в последние годы в Узбекистане в части
поддержки пожилых людей.
Ключевые слова: пожилые люди, дома «Саховат» и «Муруват», пенсия, «Неделя старшего
поколения», «Туризм старшего поколения», «Советы пожилым», «Школа бабушек», «Нурони»,
реформа.
Annotation. Based on statistical data and adopted regulatory documents, the article analyzes
the reforms carried out in Uzbekistan in recent years in terms of supporting the elderly.
Key words: elderly people, “Sakhovat” and “Muruvat” houses, pension, “Week of the older
generation”, “Tourism of the older generation”, “Councils of the elderly”, “Grandmothers’ school”,
“Nuroni”, reform.
Keyingi yillarda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarda
nuroniy, yoshi ulug‘ insonlarga alohida e’tibor qaratish ustuvor yo‘nalish sifatida
belgilandi. Yangi O‘zbekiston davrida nuroniylarimiz kelajakka bundanda ko‘proq
umid bilan boqishlari, hayotdan mamnun bo‘lib yashashlari lozim. O‘zbekiston
Respublikasida aholini, shu jumladan, keksalarni ijtimoiy himoya qilish sohasida
amalga oshirib kelinayotgan ishlarning barchasi Konstitutsiyada kafolatlangan ijtimoiy
ta’minot hamda ijtimoiy madad olish huquqini ro‘yobga chiqarishga qaratilgan.
Davlat statistika qo‘mitasining saytida qayd etilishicha, 2022-yilning 1-iyun
holatiga ko‘ra respublikamizda 60 yoshdan yuqori bo‘lgan fuqarolar soni 3 103 423
nafarni tashkil etmoqda. Ularning 41,8 foizini 60-64 yoshli, 26,4 foizini 65-69 yoshli
keksalar, 16,2 foizini 70-74 yoshli, 8 foizini 75-79 yoshli, 5,2 foizini 80-84 yoshli
Do'stlaringiz bilan baham: |