“Keksalik va hozirgi zamon: mavjud holat, rivojlanish tendensiyalari va istiqboldagi muammolar”
mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to‘plami
54
mustahkamlash bilan birgalikda, ularning katta hayotiy tajribalaridan yoshlar
ma’naviyatini yuksaltirishga, ularni Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalashga hissalarini
qo‘shishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 15-martdagi
“Nuroniylarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning turmush darajasini
oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 167-son qarori
20
ijrosini
ta’minlash maqsadida quyidagi ishlar amalga oshirildi:
– “Bir nuroniy o‘n yoshga mas’ul” tamoyili asosida ishsiz, tarbiyasi og‘ir va
muammoli yoshlarga biriktirilgan nuroniylarni mahallalardagi yoshlarning tarbiyasi
va axloqida bo‘lgan ijobiy o‘zgarishlardan kelib chiqib, “Nuroniy” jamg‘armasi
mablag‘lari hisobidan rag‘batlantirib borish yo‘lga qo‘yildi;
– xodimning pensiya yoshiga to‘lganligi munosabati bilan ish beruvchining
tashabbusi bilan mehnat shartnomasini bekor qilishni taqiqlash bo‘yicha qonun loyihasi
ishlab chiqildi;
– o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz keksalar va yolg‘iz yashaydigan
keksalarni “Nuroniy” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan har yili bir marotaba
sanatoriylarda bepul sog‘lomlashtirish yo‘lga qo‘yildi;
– sharoiti og‘ir va kam ta’minlangan keksalarga shifokorlarning retseptlariga asosan
3 oylik ehtiyojdan kelib chiqib dori vositalari, tibbiy va maxsus protez-ortopediya
moslamalari olib berish hamda jarrohlik amaliyotlarining xarajatlari qoplash tartibi
joriy etildi;
– og‘ir tashxisli kasalliklari hamda nogironligi bo‘lgan keksalarga shifokorlarning
retseptlariga muvofiq, 3 oylik ehtiyojdan kelib chiqib dori vositalarining 50 foizigacha
bo‘lgan summasini kompensatsiya qilish yo‘lga qo‘yildi;
– keksalarning jismoniy tarbiya va sport yo‘nalishidagi muassasalarda (stadion,
sport zallari, basseyn va boshqa sport majmualari) jismoniy tarbiya va sport bilan
shug‘ullanishlari uchun abonement xarajatlarini qoplash tartibi ishlab chiqilib,
amaliyotga joriy etildi;
– davlat teatrlari va muzeylariga keksalar uchun chipta narxlari to‘liq qoplab
berilishi yo‘lga qo‘yildi;
Do'stlaringiz bilan baham: |