«старость и настоящее время: текущая ситуация, тенденции развития и предстоящие проблемы»
Download 4.8 Mb. Pdf ko'rish
|
Конференция 13-oktyabr 2022
- Bu sahifa navigatsiya:
- “Keksalik va hozirgi zamon: mavjud holat, rivojlanish tendensiyalari va istiqboldagi muammolar” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to‘plami 61
Bugungi hayot sur’atlarini
shiddat bilan rivojlanayotgan, globallashuv davrida bugungi kun yoshlari turmush sinovlarida toblangan, katta hayotiy tajribaga ega bo‘lgan, teran aql- idrokli kishilar ko‘magi va maslagiga doim ehtiyoj seziladi. Mehnatsevar, halol- 24 Keksalik gashti ilk soni. – 1 son, 2017 yil. – B.7. 25 Nuroniy jamg‘armasi Jizzax viloyat bo‘limining 2018-yilda amalga oshirilgan ishlari haqida ma’lumot “Keksalik va hozirgi zamon: mavjud holat, rivojlanish tendensiyalari va istiqboldagi muammolar” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to‘plami 61 pok, diyonatli, davlat va jamiyat manfaati uchun fidoyi inson bo‘lib ulg‘ayishni istagan har bir yosh o‘g‘il-qiz keksalar hayotiy tajribasidan foydalanishi zarur deb hisoblaymiz. Jizzax viloyatida, “2018-yilda viloyatda profilaktik hisobda turgan voyaga etmagan yoshlar 116 nafarni tashkil qiladi. Shundan qizlar 19 nafar, maktab o‘quvchilari 66 nafar, 48 nafar kasb-hunar kolleji o‘quvchilari bulib, ularga 242 nafar mahalla faollari, nuroniy keksalar, sobiq imom xatiblar, profilaktika inspektorlari va xotin-qizlar qo‘mitalari vakillari, jamoatchilik Kengashi a’zolari biriktirilgan. O‘tgan davrda voyaga etmagan yoshlar tomonidan 27 ta jinoyat sodir etilib,78 foizini o‘g‘irlik tashkil etadi. 124 nafar voyaga etmagan yoshlar profilaktik hisobga olingan bo‘lib, 128 nafar voyaga yetmagan yoshlar profilaktik hisobdan chiqarildi. Voyaga etmagan yoshlar tomonidan huquqbuzarliklarning oldini olish uchun xotin-qizlar qo‘mitalari, yoshlar ittifoqi tashkilotlari, mahalla fuqarolar yig‘inlari hamda huquq- tartibot organlari vakillari va faol nuroniy keksalar bilan hamkorlikda ishlar olib borilmoqda” 26 . Keksalarning oltin o‘gitlariga amal qilib yashash komillik, turmush farovonligimiz va tinch-osoyishta hayotimizning tamal toshidir. “Shu kabi, qariyalar yoshlarni tarbiyalash borasida ham millatimiz oltin fondi, deb e’tirof e’tilmoqda. Chunki ular kechagi kunni bugungi dorilamon zamon bilan qiyoslay oladigan, xulosa chiaradigan kishilardir” 27 . Demak, turli sohalarda erishayotgan yutuqlarimizda ota- onalarimiz, mo‘tabar qariyalarimizning unutilmas va ulkan xizmati borligini, biz ular oldida umrbod qarzdor ekanimizni unutmasligimiz, qo‘limizdan kelganicha ularning og‘rini engil, umrini uzoq qilishni o‘zimizning insoniy burchimiz, deb bilishimiz lozim. Jumladan, 2018-yilda Jizzax viloyatida “Shahar va tumanlardagi 290 ta mahalla fuqarolar yig‘inlarida mazkur yig‘inlar raislarining o‘rinbosarlari – keksalar va faxriylar ishlari bo‘yicha maslahatchilari hamda 3079 nafar “Nuroniylar jamoatchilik Kengashlari” a’zolari ham keng jamoatchilik vakillari bilan hamkorlikda yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik holatlarining oldini olish, yosh avlodni vatanga mehr- muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash borasida amalga oshirilayotgan ishlarda faol ishtirok etib kelmoqdalar. Joylarda jamoat tashkilotlari vakillari hamda biriktirilgan murabbiylar tomonidan tegishli targ‘ibot-tashviqot ishlarini olib borish natijasida 2018-yilda 224 ta notinch, janjalkash oilalar, 82 ta profilaktik hisobda turuvchi voyaga etmaganlar, 76 ta spirtli ichimlikka ruju qo‘yganlar, 39 ta turli diniy oqimga kirgan oilalar, 98 ta jazo muddatini o‘tgan shaxslar, 241 ta kam ta’minlangan oilalar, jami 760 ta oila bilan ma’rifiy-tarbiyaviy suhbatlar o‘tkazildi. Ushbu o‘tkazilgan suhbatlar natijasida 147 ta notinch, janjalkash oilalar yarashtirildi, 86 ta profilaktik hisobda turuvchi voyaga etmaganlar hisobdan chiqarildi, 71 ta spirtli 26 Nuroniy jamg‘armasi Jizzax viloyat bo‘limining 2018-yilda amalga oshirilgan ishlari haqida ma’lumot 27 Keksalik gashti ilk soni 2017-yil, aprel. 1-son. – B. 8. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling