«старость и настоящее время: текущая ситуация, тенденции развития и предстоящие проблемы»
Download 4.8 Mb. Pdf ko'rish
|
Конференция 13-oktyabr 2022
Yuqoridagi ikki hujjatni muhim
tomoni shundaki, yoshlarni xalqimizning ko‘p asrlik an’analariga, Vatanga muhabbat, keksalarni e’zozlash ruhida tarbiyalashga qaratilgan bo‘lib, bu borada boy hayotiy tajribaga ega keksalarimizning ijtimoiy faolligini qo‘llab –quvvatlash maqsad qilingan. Davlatimizda hozirgi paytda mahallalar va oilalardagi ijtimoiy-ma’naviy muhitni barqarorlashtirish, maktablarda o‘quvchilar davomatini nazorat qilish, har juma kuni nuroniylar soatlarini xalq ta’limi tizimiga kiritilishi kollej bitiruvchilari va uyushmagan yoshlar bandligini ta’minlash, ularning bo‘sh vaqtlarini samarali tashkil etish, aniqlangan muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish bo‘yicha jamoatchilik nazorati o‘rnatilgani yaxshi samara beryapti. Bu borada yoshlar bilan alohida suhbat o‘tkazilib, ularning muammo va maqsadlari atroflicha o‘rganilyapti. Usta hunarmandlar shogirdlar tayyorlashga da’vat e’tilmoqda. Targ‘ibot ishlari tufayli ko‘plab o‘g‘il-qiz hunarmandlikka, turli sport va fakultativ to‘garaklarga jalb etilib kelinmoqda. Shu bilan birga “Nuroniy” jamg‘armasi tomonidan proflatik hisobga olingan va jinoyat sodir etgan voyaga еtmagan yoshlar hamda notinch oilalar bilan ishlash bo‘yicha amalga oshirlayotgan tadbirlar ham o‘z natijasini berayotganini yuqoridagi fikrlarimizni isboti sifatida keltirishimiz mumkin. Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarida jamoatchilik asosida fuqarolar yig‘ini raisining o‘rinbosari-keksalar va faxriylar ishlari bo‘yicha maslahatchi lavozimi joriy qilingani ham mahallada tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash, milliy qadryatlarimizni e’zozlash, keksalarga e’tiborni kuchaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Bugungi kunda “Nuroniy” jamg‘armasi tomonidan vatanimizda hududlarda sog‘lom ma’naviy-axloqiy muhitni barqarorlashtirish borasida ham ularni o‘rni alohida ahamiyat kasb etmoqda. Ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini yanada yaxshilash, uyushmagan aholi va yoshlarni yovuz niyatli kimsalar qo‘liga tushib qolishidan asrash, noqonuniy migratsiyaning oldini olish,erta turmush va ajrimlarga yo‘l qo‘ymaslik, voyaga еtmagan o‘g‘il qizlarni dars mashg‘ulotlari payti o‘z o‘rinlarida bo‘lishini ta’minlash, jinoyatchilik, huquqbuzarliklarning oldini olish, 23 Keksalik gashti ilk soni. – 1-son 2017-yil. – B. 5. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling