«старость и настоящее время: текущая ситуация, тенденции развития и предстоящие проблемы»
“Keksalik va hozirgi zamon: mavjud holat, rivojlanish tendensiyalari va istiqboldagi muammolar”
Download 4.8 Mb. Pdf ko'rish
|
Конференция 13-oktyabr 2022
- Bu sahifa navigatsiya:
- “Har bir insonning qadri bor”.
“Keksalik va hozirgi zamon: mavjud holat, rivojlanish tendensiyalari va istiqboldagi muammolar”
mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to‘plami 60 shuningdek, hududlarni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish, tomorqadan unumli foydalanishni targ‘ib qilish kabi masalalarda nuroynilarimiz faolligini oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda davlatimizda bugun. Jumladan, fikrimizni isboti sifatida; 2017-yil – Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yilida “Namangon viloyati tuman va shaharlaridagi fuqarolar yig‘inlari, o‘quv muassasalari soni va salmog‘idan kelib chiqqan holda, o‘z hududlarida obro‘-e’tibor, malaka va tajribaga ega faol nuroniylar maxsus ishchi guruhlariga jalb etilgan. Jumladan, faollarning 173 nafari qishloq xo‘jaligi bilan bog‘liq ishlarga, 1900 nafari fuqarolar yig‘inlari ishiga, 343 nafari ichki ishlar bo‘limlari nazoratida turgan yoshlar bilan ishlashga, 1020 nafari ta’lim muassalariga o‘zlarining boy hayotiy tajribasi va bilimlari bilan ko‘maklashmoqdalar” 24 . Hurmatli yurtboshimiz 2021-yil saylov oldi dasturida aytganlaridek: “Har bir insonning qadri bor”. Demoqchimizki, odamga kuch bag‘ishlaydigan eng muhim vosita ham bu – e’tibordir. E’tibor natijasida jamiyat ravnaq topadi, odamlar ko‘nglida yangi orzu-umidlar paydo bo‘ladi. E’tiborli bo‘lgan inson hayotga, yon-atrofida ro‘y berayotgan voqealarga befarq qaramaydi. U odamlarning tashvishi, dardiga sherik bo‘ladi, ular uchun kuyunadi. 2018-yil “Nuroniy” jamg‘armasi Jizzax viloyat, shahar va tumanlar bo‘limlari tomonidan yoshlar bilan ishlash, ular o‘rtasida huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish hamda oilalardagi ahillik va tinch, osoyishta, shukronalik bilan hayot kechirishni ta’minlashda hamkor jamoat tashkilotlari bilan birgalikda quyidagi ishlar amalga oshiriigan. Jumladan: 2018-yilda Jizzax viloyatida “290 ta ishchi nuroniy guruhlari hamkor jamoat tashkilotlari vakillari bilan birgalikda yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik holatlarini oldini olish, oilalarning ijtimoiy muammolarini o‘rganish borasida 112 104 ta oilalar o‘rganilib chiqildi. O‘rganishda 5 470 ta ijtimoiy himoyaga muhtoj, 2485 ta yashash sharoitini yaxshilashga muhtoj va 15 974 ta tadbirkorlikga istagi bor, 672 ta notinch, 282 ta jinoyatchilikka moyil va 170 ta (71ta ayol, 99 ta erkak) o‘z joniga qasd qilgan oilalar borligi aniqlandi. Nuroniylar guruhining bevosita harakati va shahar, tuman tashkilotlarining yordami bilan 493 ta oilalarning yashash sharoitini yaxshilashga yordam berilib, 4 000 dan ziyod oilaga tadbirkorlik qilishlari uchun banklardan kredit olishlariga amaliy yordam ko‘rsatildi. 398 nafar yoshlar hunarmandchilik kasbiga yunaltirildi. O‘rganishda aniqlangan turli ekstremistik oqimga kirgan 195 nafar (shu jumladan 5 nafar yoshlar) shaxslar bilan tarbiyaviy suhbatlar ushtirilib, ularga doimiy murabbiylar biriktirildi” 25 . Download 4.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling