“Keksalik va hozirgi zamon: mavjud holat, rivojlanish tendensiyalari va istiqboldagi muammolar”
mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to‘plami
63
Turayeva S.R.,
O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti
Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi professori, t.f.n.
AYOLNI ULUG‘LASH – OILANI, VATANNI,
HAYOTNI ULUG‘LASHDIR.
Annotatsiya. Maqolada yurtimizda keksa avlod vakillarini qo‘llab-quvvatlash, ularning
mazmunli umr kechirishi uchun zarur sharoitlar yaratish, nuroniylarning hayotini yanada fayzli
qilish, ular o‘zlarining boy tajribasi, foydali maslahatlari bilan ijtimoiy hayotda faol ishtirok etishi,
keksa avlod vakillarining ulkan xizmatlari ko‘rib chiqilgan.
Kalit so‘zlar: ayol, oila, Vatan, ota-ona, xotin-qizlar, avlod, tarbiya, e’tibor, g‘amxo‘rlik.
Аннотация. В статье рассматривается положение поддержки представителей
пожилого поколения в нашей стране, создание необходимых условий для того, чтобы они
жили осмысленной жизнью, делая их жизнь более счастливой, активно вовлекать их в жизнь
общества, использовать их богатый опыт и знания в воспитании молодого поколения.
Ключевые слова: женщина, семья, Родина, родители, женщины, поколение, воспитание,
внимание, забота.
Annotation. The article discusses the situation of supporting the representatives of the older
generation in our country, creating the necessary conditions for them to live a meaningful life,
making their life happier, actively involve them in society, use their rich experience and knowledge
in educating the younger generation.
Key words: woman, family, motherland, parents, women, generation, upbringing, attention, care.
Dunyodagi har
qanday xalq, davlat va jamiyatning taraqqiyot va madaniyat darajasi
avvalo ularning xotin-qizlarga bo‘lgan munosabati bilan belgilanadi.
Ayol bor ekan, oila degan muqaddas qo‘rg‘on, farzand degan bebaho ne’mat bor.
Ayollarimiz baxtli bo‘lsa
albatta oilamiz, jamiyatimiz ham baxtli bo‘ladi.
Xotin-qizlar barcha soha va tarmoqlarda erkaklar bilan teng huquqqa ega bo‘lib,
yuksak hurmat-ehtiromda yashagan mamlakatda albatta tinchlik va hamjihatlik, o‘sish
va yuksalish bo‘ladi.
Shuning uchun ham biz uchun buyuk Ona timsoli bo‘lgan ayol zotini xalqimiz
azal-azaldan ulug‘lab, e’zozlaydi.
Odamzotga asrlar davomida mehr tuyg‘usini singdirib, uni go‘zallik,
vafo va
sadoqat, vatanparvarlik ruhida tarbiyalab kelayotgan aziz va mukarram zot ham
onalarimizdir.