«старость и настоящее время: текущая ситуация, тенденции развития и предстоящие проблемы»


Download 4.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/201
Sana15.11.2023
Hajmi4.8 Mb.
#1777178
TuriСборник
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   201
Bog'liq
Конференция 13-oktyabr 2022

“Oqila 
ayollar” harakatini tashkil qilish taklifini bildirdi.
Bu harakat 
“mahallaning vijdoni”ga aylanishi kerak. Chunki ma’rifatli jamiyatni 
ma’rifatli onalarsiz qurib bo‘lmaydi, – deya ta’kidladi Shavkat Mirziyoyev.
Xotin-qizlar ta’limi masalasi.
Hammamizga ayonki, taraqqiyotning tamal toshi ham, mamlakatni qudratli, 
millatni buyuk qiladigan kuch ham bu – ilm-fan, ta’lim va tarbiyadir. Ertangi kunimiz, 


“Keksalik va hozirgi zamon: mavjud holat, rivojlanish tendensiyalari va istiqboldagi muammolar” 
mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to‘plami
71
Vatanimizning yorug‘ istiqboli, birinchi navbatda, ta’lim tizimi va farzandlarimizga 
berayotgan tarbiyamiz bilan chambarchas bog‘liq.
Buyuk yunon olimi Aristotelning “Vatan taqdirini yoshlar tarbiyasi hal qiladi”, 
degan so‘zlari bejiz aytilmagan. Qarang, bu fikrlar miloddan avval aytilgan. Demak, 
insoniyat ongli hayot kechira boshlagan davrdan buyon ta’lim va tarbiya masalasi, 
doimo dolzarb ahamiyat kasb etib kelmoqda.
Shuning uchun ham keyingi yillarda yurtimizni har tomonlama taraqqiy ettirish, 
yangi O‘zbekistonni yaratish maqsadida barcha sohalar qatori ta’lim tizimida ham 
tub islohotlar olib borilmoqda.
Bu borada o‘nlab muhim farmon, qaror va dasturlar qabul qilingani sizlarga yaxshi 
ma’lum. Mana, 2021-yil 5-iyulda tasdiqlangan “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun ushbu 
soha taraqqiyotida, hech shubhasiz, yangi ufqlarni ochib beradi. Qonunga muvofiq, 
ta’lim olishning masofaviy, inklyuziv shakllari joriy qilindi, ta’lim tashkilotlariga 
xorijiy muassasalar bilan qo‘shma fakultet va o‘quv markazlari tashkil qilishga ruxsat 
etildi. Shuningdek, o‘qituvchilarga mualliflik dasturi va o‘qitish uslublarini joriy etish, 
zamonaviy pedagogik shakllar, o‘qitish va tarbiya usullarini erkin tanlash huquqi 
berildi.
Biz keng ko‘lamli demokratik o‘zgarishlar, jumladan, ta’lim islohotlari orqali 
O‘zbekistonda yangi Uyg‘onish davri, ya’ni Uchinchi Renessans poydevorini yaratishni 
o‘zimizga asosiy maqsad qilib belgiladik. Bu haqda gapirar ekanmiz, avvalo, uchinchi 
Renessansning mazmun-mohiyatini har birimiz, butun jamiyatimiz chuqur anglab 
olishi kerak.
Tarixga nazar solsak, Buyuk ipak yo‘lining chorrahasida joylashgan ona zaminimiz 
azaldan yuksak sivilizatsiya va madaniyat o‘choqlaridan biri bo‘lganini ko‘ramiz. 
Xalqimizning boy ilmiy-madaniy merosi, toshga muhrlangan qadimiy yozuvlar, bebaho 
me’moriy obidalar, nodir qo‘lyozmalar, turli osori atiqalar davlatchilik tariximizning 
uch ming yillik teran ildizlaridan dalolat beradi.
Ulug‘ ma’rifatparvar bobomiz Mahmudxo‘ja Behbudiy o‘z vaqtida biz uchun 
ikki emas, to‘rt tilni bilish zarur, deb bong urgan edi. Behbudiy bobomizning ushbu 
da’vati hozir ham g‘oyat dolzarb bo‘lib turibdi.
Davlatimiz rahbari Sh.M.Mirziyoyev Oliy Majlisga yo‘llagan Murojaatnomadagi 
bir fikrga e’tiboringizni qaratishni o‘rinli, deb bilaman. Ya’ni: “Eng katta boylik – bu 
aql-zakovat va ilm, eng katta meros – bu yaxshi tarbiya, eng katta qashshoqlik – bu 
bilimsizlikdir”.
Albatta, bu boradagi ishlarimiz nafaqat izchil davom ettirilmoqda, balki yanada 
yuqori bosqichga ko‘tarilmoqda. Shu maqsadda 2021-yil 13-iyulda qabul qilingan 



Download 4.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   201




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling