“Keksalik va hozirgi zamon: mavjud holat, rivojlanish tendensiyalari va istiqboldagi muammolar”
mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to‘plami
67
Unga ko‘ra, “Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasi
faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi hukumat qarori qabul qilingan va qaror bilan
birga jamg‘arma to‘g‘risidagi nizom tasdiqlangan. Ta’kidlanishicha, jamg‘arma: og‘ir
ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan
xotin-qizlarga, shu jumladan, nogironligi bo‘lgan
shaxslarga, nogironligi bo‘lgan farzandlarini tarbiyalayotgan, kam ta’minlangan,
farzandlarini to‘liqsiz oilada tarbiyalayotgan va uy-joy sharoitini
yaxshilashga muhtoj
xotin-qizlarga uy-joylarning boshlang‘ich badalini to‘lab beradi;
xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, sog‘lig‘ini saqlash, ayollar
sportini rivojlantirish, mehnat va o‘qish sharoitlarini yaxshilash bilan bog‘liq
tadbirlarni
moliyalashtirishga ko‘maklashadi;
xotin-qizlarning tadbirkorlik tashabbuslarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash
uchun tijorat banklariga resurs mablag‘larini belgilangan tartibda joylashtiradi;
xotin-qizlarga mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasblar bo‘yicha bilim va
ko‘nikmalarni egallashlari uchun zarur sharoitlar yaratish bilan bog‘liq tadbirlarni
moliyalashtirishga ko‘maklashadi. Eslatib o‘tamiz, avvalroq Prezident farmoni bilan
“El-yurt umidi” jamg‘armasi xorijda o‘qiydiganlar uchun o‘rinlar sonini 5
baravarga
oshirilishi xabar qilingandi.
2021-yil martda
“O‘zbekistonda Respublika xotin-qizlar jamoatchilik
kengashi” tashkil qilindi. O‘zbekiston Prezidenti mamlakatda Respublika xotin-qizlar
jamoatchilik kengashini tashkil qilishni nazarda tutuvchi qarorni imzoladi.
Quyidagilar
kengashning vazifalari etib belgilandi:
– xotin-qizlarni ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ularni qo‘llab-quvvatlashga doir
islohotlarning mazmun-mohiyati va ahamiyatini aholi o‘rtasida keng targ‘ib qilish;
– xotin-qizlarning ta’lim va kasbiy ko‘nikmalar olishlari,
munosib ish topishlariga
har tomonlama ko‘maklashish, tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash, iqtidorli yosh xotin-
qizlarni aniqlash va ularning qobiliyatlarini to‘g‘ri yo‘naltirish;
– hududlarda, ayniqsa, qishloqlarda xotin-qizlarga ko‘rsatiladigan tibbiy-ijtimoiy
xizmatlar sifatini, ular o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini ta’minlash borasidagi
ishlar
samaradorligini oshirish;
– xotin-qizlarning oilalarni mustahkamlash, milliy va
umuminsoniy qadriyatlarni
asrab-avaylash hamda ularning farzand tarbiyasidagi rolini oshirish choralarini ko‘rish
va boshqalar.
Xotin-qizlarni va oilani qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasi Xotin-
qizlarni qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasi sifatida qayta tashkil etiladi.
Har yili davlat byudjetidan jamg‘arma vazifalariga har yili 300 milliard so‘mgacha
mablag‘ ajratiladi.