«старость и настоящее время: текущая ситуация, тенденции развития и предстоящие проблемы»


Download 4.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet73/201
Sana15.11.2023
Hajmi4.8 Mb.
#1777178
TuriСборник
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   201
Bog'liq
Конференция 13-oktyabr 2022

quyidagi takliflarni beramiz:
– qizlarni turmushga berganimizda nikoh munosabatlari rasmiy-lashtirishganda 
shunday tizimni amaliyotga kiritish kerakki, nikoh rasmiylashtirilishi bilan er-xotin 
(yangi oila) erkak yoki ayolning doimiy yashash joyiga ro‘yxatga bir manzilga doimiy 
yashash joy ro‘yxatiga qo‘yilsin. Bu bilan oilada tug‘ilgan bolalar doimiy yashash 
joyida ro‘yxatga qo‘yilishi muommolari o‘z- o‘zidan bartaraf bo‘lar edi. Ko‘pchilik 
oilalarda bo‘layotgan yangi kelinni yashash joyga doimiy ro‘yxatga o‘tkazmaslik 
holatlariga chek qo‘yilar edi. 
– “Oila kodeksi”da belgilangan ayrim ajrimdagi oila bolalari uchun to‘lanadigan 
aliment, agar bola sud qaroriga ko‘ra erkak bilan qoldirilgan taqdirda ayollardan 
undirilmasligi yuzasidan qonunchiligimizga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsa 
maqsadga muvofiq bo‘lar edi. 
– nuroniy yoshda otaxon va onaxonlar uchun respublikamizda “ijtimoiy madaniy 
maskanlar” tashkil etilsa maqsadga muvofiq bo‘lar edi. Bunday “ijtimoiy-madaniy 
maskan” barpo etishda Yaponiya tajribasi diqqatga sazovordir. U еrga keksalar 
ertalabdan borib sog‘lom turmush tarzi, madaniy-ma’rifiy tabdirlar ishtirokchisiga 
aylanib, o‘zlarining sog‘liqlarini tiklaydi hamda faolligini qayd qiluvchi kartochkalarga 
o‘z yutuqlari qayd etib boriladi. Bu ma’lum muddat va ko‘rsatkichga ega nuroniyga 
mamlakatimizdagi tabarruk ziyoratgohlariga, tarixiy shaharlarga ekskursiyalar, dam 
olish maskanlariga borishga qo‘shimcha imkoniyat yaratar edi. Natijada muhtarama 
keksalar hayoti faollashib, turli aqliy, jismoniy musobaqalar orqali o‘rtacha umr ko‘rish 
yoshini yanada uzaytirib, hayotiy tajribasi bilan yoshlarga ibrat maktabi bo‘lishdek 
mas’uliyatli vazifani bardavomligini ta’minlashlari mumkin edi. bunday faol turmush 


“Keksalik va hozirgi zamon: mavjud holat, rivojlanish tendensiyalari va istiqboldagi muammolar” 
mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to‘plami
74
tarzi ularda sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan ko‘plab kasalliklarning oldini olishi mumkin. 
Xullas, mamlakatimizda inson qadri, xotin-qizlarimiz, nuroniylarimiz ulug‘lanmoqda. 
Mamlakatimizda har bir fuqaro islohotlar ishtirokchisi bo‘lib, jannatmakon o‘lkamizda 
yashayabganidan, shu muqaddas zaminning farzandi ekanligidan, yurt taraqqiyotiga 
hissa qo‘shib yashashi uchun mavjud imkoniyatlarini, intellektual salohiyatini ishga 
solishiga qulayliklar, shart-sharoitlar yaratilgan.

Download 4.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   201




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling