TA’MINLASHDA OTINOYILAR FAOLIYATI O‘RNI
Annotatsiya. Maqolada ayol oila asosi saqlovchisi, millatning ertasi va yurt taraqqiyotini
belgilab beruvchi kuch, yoshlarning bosh tarbiyachisi ekani ta’kidlab o‘tilgan.
Kalit so‘zlar: ta’lim-tarbiya, barqarorlik, keksa avlod, farzand, urf-odat, xalqlar, ilmiy, tadqiqot.
Аннотация. В статье подчеркивается, что женщина является хранительницей основ
семьи, определяющей силой будущего нации и развития страны, главным воспитателем
молодежи.
Ключевые слова: воспитание, стабильность, старшее поколение, ребенок, традиция,
народ, наука, исследование.
Annotation. The article emphasizes that a woman is the guardian of the foundations of the
family, the determining force for the future of the nation and the development of the country, the
main educator of youth.
Keywords: upbringing, stability, older generation, child, tradition, people, science, research.
Mintaqamizda ayollarning islomiy ta’lim-tarbiya olishi, boshqa o‘lkalarga
qaraganda yuqori darajada qaralgan. Tarixdan ma’lumki, momolarning farzandlariga,
nabira-chevaralariga islomiy urf-odat va an’-analari asosida shakllangan tarbiya
mintaqamizga islom dini kirib kelgan paytlardan boshlangan. Ayniqsa, qizlar tarbiyasi
doim muhim sanalib, ona eng asosiy tarbiyachi vazifasini o‘tagan. Islom dini kirib
kelguniga qadar, ya’ni johiliyat davrida Arabiston yarimorolida erkaklar o‘z ayolidan
qiz farzand ko‘rishini o‘zlari uchun or deb bilgan. Tug‘ilgan qiz chaqaloqlarni tiriklayin
ko‘mgan, ayollarga zulm ko‘rsatgan. Ularning cho‘ri sifatida sotilishi, ularning mol-
mulkka qo‘shilib meros sifatida otadan o‘g‘ilga o‘tgani, ayolning inson sifatida
ko‘rilmasligini, ayollarga nisbatan zulm shafqatsiz darajada kuchaygani bilan izohlash
mumkin. Islom dinining kirib kelishi ayollarga munosabatni tubdan o‘zgartirgan.
Bugungi global o‘zgarishlar, ma’naviy qadriyatlarga putur yеtayotgan bir davrda
oilalarning mustahkamligini ayollarsiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Ayol – oila asosini
saqlovchi, Vatanimizning kelajagi, millatning ertasi va yurt taraqqiyotining belgilab
beruvchi kuch – yoshlarning bosh tarbiyachisi. Shu jihatdan istiqlolning ilk diniy
Do'stlaringiz bilan baham: |