“Keksalik va hozirgi zamon: mavjud holat, rivojlanish tendensiyalari va istiqboldagi muammolar”
mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to‘plami
72
“Yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va ularning ijtimoiy faolligini
oshirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmon bu fikrni
tasdiqlaydi.
Mazkur hujjatda mamlakatimiz yoshlari uchun qo‘shimcha 30 dan ortiq yangi
imtiyoz va imkoniyatlar yaratish ko‘zda tutilgan. Ana shunday imkoniyatlardan faqat
bittasi haqida fikr yuritmoqchiman. “Temir daftar”ga kiritilgan oilalarning oliygohlarda
ta’lim olayotgan farzandlarining 2021-2022 o‘quv yilidagi kontrakt puli birinchi o‘quv
yili uchun Davlat byudjeti hisobidan to‘lab beriladi. Bunday imkoniyatdan yurtimiz
bo‘yicha 4 mingdan ziyod oilalar farzandlari foydalanadi. Buning uchun byudjetdan
29,2 milliard so‘m ajratiladi.
Yurtimizda ota-onasidan ajragan, mehrga muhtoj bolalarni qo‘llab-quvvatlash,
ularning ta’lim-tarbiya olishi, ish joyi va uyiga ega bo‘lishi, jamiyatda munosib o‘rin
topishi, “Mehribonlik uylari”, maxsus maktab-internatlar va “Bolalar shaharchasi”ning
moddiy-texnik bazasi, kadrlar salohiyatini mustahkamlashga jiddiy e’tibor berilmoqda.
Ayniqsa, “Mehribonlik uylari”dagi bolalarni oilaga yaqin muhitda tarbiyalash,
bilimli, kasb-hunarli va ma’naviyatli, vatanparvar insonlar etib voyaga еtkazish –
hammamizning muqaddas burchimiz. Shularning barchasini hisobga olib, “Mehribonlik
uylari” va maxsus maktab-internatlarda ta’lim-tarbiya samaradorligini oshirish
bo‘yicha yangi tizimni joriy etmoqdamiz.
Ana shunday o‘quv-tarbiya muassasalari tarbiyalanuvchilarining muammolarini
o‘rganish hamda hal etish, ularning orzu-istaklarini ro‘yobga chiqarish bo‘yicha yangi
tizim –
“Mehr daftari” joriy etilmoqda. Shuningdek, еtim va ota-ona qaramog‘idan
mahrum bo‘lgan bolalarni uy-joy bilan ta’minlash tartibi belgilandi. Unga ko‘ra, o‘ziga
biriktirilgan uy-joyga ega bo‘lmagan va turarjoyga muhtoj sifatida hisobda turgan ana
shunday bolalarga ular 18 yoshga to‘lgan yili umumiy maydoni 25 kvadrat metrdan
kam bo‘lmagan 1 xonali, voyaga еtgan bolalar o‘rtasida nikoh tuzilgan holatlarda esa
50 kvadrat metrdan kam bo‘lmagan 2 xonali kvartiralar ajratiladigan bo‘ldi.
Respublikamizda xotin qizlar masalasiga katta e’tibor berilishiga qaramay,
Do'stlaringiz bilan baham: |