«старость и настоящее время: текущая ситуация, тенденции развития и предстоящие проблемы»
“Keksalik va hozirgi zamon: mavjud holat, rivojlanish tendensiyalari va istiqboldagi muammolar”
Download 4.8 Mb. Pdf ko'rish
|
Конференция 13-oktyabr 2022
“Keksalik va hozirgi zamon: mavjud holat, rivojlanish tendensiyalari va istiqboldagi muammolar”
mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to‘plami 79 Toshkentdagi Xadichai Kubro islom o‘rta-maxsus bilim yurtining o‘quv jarayonlari keyingi davrlarda ancha takomillashib, uning kadrlar tayyorlash tizimida ham o‘zgarishlar kuzatilgan. Bilim yurti markazda joylashganligi sababli xotin-qizlarning ushbu ilm dargohida tahsil olish ehtiyojining yuqoriligi muammosi xali-xanuz saqlanib qolmoqda. Keyingi paytlarda 1 o‘ringa 30-40 abiturient to‘g‘ri kelayotganligidan xotin-qizlarning diniy ta’lim olishga bo‘lgan istagi ortib borayotganini ko‘rish mumkin. Mamlakatda xotin-qizlarning diniy ta’lim olishga sharoit yaratish maqsadida, respublikada barcha islom o‘rta-maxsus bilim yurtlari qoshida qur’on kurslari tashkil etilib, tegishli tartibda o‘qitish joriy qilingan. Bugungacha Xadichai Kubroni 800 ga yaqin xotin-qizlar tamomlab chiqqan bo‘lsa, ular mamlakatning turli jabhalarida faoliyat ko‘rsatib kelmoqdalar. Keyingi yillarda Respublikada gender siyosati alohida ustuvor yo‘nalish sifatida qaralib, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy hayotdagi ishtiroki ta’minlanib, “Ayollarga ilm berish – jamiyatni ilmli, ma’rifatli va salohiyatli qilish” [6.250B] degan aqida hayotga izchil tadbiq etilmoqda. Mazkur ishlarni bajarishda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning Xotin-qizlar bilan ishlash bo‘limi, O‘zbekiston musulmonlari idorasining ayollar bo‘limi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi qoziyoti, Toshkent shahar, viloyatlar vakilligi bosh imom-xatiblarining ayollar masalalari bo‘yicha yordamchilari diniy sohada faoliyat yuritayotgan xotin-qizlarning bilimlarini mustahkamlash, ularga reja asosida seminar va o‘quvlar tashkil qilish, diniy-ma’rifiy sohada “jaholatga qarshi ma’rifat” bilan kurashish konsepsiyasi asosidagi ustuvor vazifalarni amalga oshirib kelmoqdalar. Shu o‘rinda ayollar diniy ta’limini ham davr talabiga mos holda takomillashtirish zarurati tug‘ilmoqda. O‘zbekistondagi islom svilizatsiyasi markazi, tashkil etilayotgan xalqaro ilmiy tadqiqot markazlari, Xalqaro islom akademiyasi, Toshkent Islom instituti ayollar bo‘limi, Mir arab oliy madrasasi ayollar bo‘limi, o‘rta-maxsus ayollar bilim yurtlarini hamda mazkur sohadagi boshqa ilmiy maskanlar faoliyatini hamkorligini yanada kuchaytirish orqali keng xalq ommasiga sof islom dini ta’limotining еtkazilishini ta’minlash, shuningdek, dinimizdagi ayollar masalasidagi nozik tushunchalarni oila va jamiyatning ayollar bilan bog‘lik o‘tkir muammolarini islom dini tadqiqotlarida ayollar masalalari yo‘nalishlarini tobora rivojlantirish orqali еtuk iqtidorli, ma’rifatli olimalar еtishtirishni davrning o‘zi taqozo qilmoqda. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling