«старость и настоящее время: текущая ситуация, тенденции развития и предстоящие проблемы»


Download 4.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet81/201
Sana15.11.2023
Hajmi4.8 Mb.
#1777178
TuriСборник
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   201
Bog'liq
Конференция 13-oktyabr 2022

Kalit so‘zlar: keksayish, «Saxovat» va «Muruvvat», vasiylik, Urush va mehnat faxriylari uchun 
respublika pansionati.
Аннотация. В данной статье подчеркивается понятие «старост», работа, проводимая 
в рамках социальной химиотерапии пожилых людей в Республиканском доме-интернате для 
ветеранов войны и труда. 
Ключевые слова: старост, «великодушие» и «милосердие», опека, Республиканский дом-
интернат для ветеранов войны и труда.
Annotation. This article emphasizes the concept of “old age”, the work carried out within the 
framework of the social protection of the elderly in the Republican boarding school for war and 
labor veterans.
Key words: old age, “generosity” and “Mercy”, guardianship, Republican boarding school 
for war and labor veterans.
So‘nggi yillarda mamlakatimizda “Inson qadri uchun” tamoyili asosida «Saxovat» 
va «Muruvvat» internat uylarida vasiylikka olingan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash 
tizimini yanada takomillashtirish, ularning jamiyatdagi o‘rnini mustahkamlash 
yuzasidan zarur chora-tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda.
2022-yil 30-avgust kuni Prezidentimizning “Saxovat” va “Muruvvat” internat 
uylari hamda Urush va mehnat faxriylari uchun Respublika pansionati faoliyatini 
rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-365 son Qarori
29
vasiylikka olingan keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga qaratilgan davlat 
siyosatini ko‘rsatib beradi.
“Saxovat” va “Muruvvat” internat uylari hamda Urush va mehnat faxriylari 
uchun Respublika pansionatida istiqomat qilayotgan bolalar, keksalar va nogironligi 
29
https://lex.uz/uz/docs/6178090


“Keksalik va hozirgi zamon: mavjud holat, rivojlanish tendensiyalari va istiqboldagi muammolar” 
mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to‘plami
83
bo‘lgan shaxslarga tibbiy-ijtimoiy va maishiy xizmatlar ko‘rsatishning yangilangan 
tizimini joriy etish orqali ularni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash choralarini 
yanada kuchaytirish, ularga hamho‘rlik qilish maqsadida qilingan Vazirlar Mahkamasi
Sog‘liqni saqlash vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi va Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni 
rivojlantirish agentligining «Saxovat» va «Muruvvat» internat uylari hamda Urush 
va mehnat faxriylari uchun Respublika pansionatini Davlat bojxona qo‘mitasiga 
biriktirish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berildi.
Ho‘sh aslida “Saxovat” va “Muruvvat” internat uylari hamda Urush va mehnat 
faxriylari uchun Respublika pansionatida istiqomat qilayotgan aholi qatlami qanday 
omillar ta’siri yuzaga keldi?
Ularni hayotga bo‘lgan intilishlari, orzu-maqsadlari nimalardan iborat? Ularni 
“Saxovat” va “Muruvvat” internat uylari hamda Urush va mehnat faxriylari uchun 
Respublika pansionatidagi hayotini mazmunli o‘tkazishi uchun qanday ilmiy tadqiqotlar 
va innovatsion loyihalar amalga oshirilmoqda.
Men rahbarlik qilayotgan Urush va mehnat faxriylari uchun Respublika pansionati 
vasiylikka olingan keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarni odatiy hayotga bog‘lovchi 
va unga tayyorlovchi transfer vazifasini bajarishimiz lozim deb hisoblayman. Bu 
bugungi kunning, zamoni talabi.
Mamlakat aholisining demografik o‘sishi (Xitoy, Hindiston) yoki pasayishi 
(Rossiya va Yevropa davlatlari) bir qator davlatlarda asosiy muammolardan biriga 
aylangan. Umumiy aholining katta qismini keksalarni tashkil qilishi bu zamonaviy 
demografik hodisasidir. Har bir mintaqada keksayishning rivojlanishi ittensiv bo‘lsada, 
keksayishning rivojlanishi hozirgi kunda barcha davlatlar uchun xos bo‘lmoqda. 
Aholining keksayishi aholi umumiy sonida ulug‘ yoshdagilar ulushini ortishi, yoshlar 
salmog‘ining kamayishi, shu bilan birga o‘rta yoshdagi aholi sonining ko‘payishida 
o‘z aksini topadi. Takidlash joizki, aholining keksayishi deganda bu yosh guruhidagi 
kishilar salmog‘ining, balki mutloq sonning ortishi ham tushuniladi. 
O‘zbekistonda ham bugungi kunda jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy hayotida sodir 
bo‘layotgan o‘zgarishlar demografik jarayonlarga sezilarli darajada ta’sir ko‘rsatdi. 
O‘lim ko‘rsatgichlari keskin oldingi yillarga qaraganda kamayib bormoqda. Buning 
natijasida aholining “keksayishi” jarayoni tezlashdi.
Fanda keksalik va uning dastlabki ko‘rinishlari, keksalik yoshi va uning chegaralari 
kabi masalalar atrofida baxs-munozaralar anchadan beri olib borilmoqda. Lekin so‘rngi 
yillardagina bu masalalar iqtisodiyot, demografiya, sotsiologiya, gerontologiya kabi 
fanlarning jiddiy tadqiqot abektiga aylandi. Chunki aholining keksayish jarayoni 
bilan bir vaqtda keksa kishilarning ijtimoiy, fiziologik va biologik xarakteristikasida 



Download 4.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   201




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling