«старость и настоящее время: текущая ситуация, тенденции развития и предстоящие проблемы»


“Keksalik va hozirgi zamon: mavjud holat, rivojlanish tendensiyalari va istiqboldagi muammolar”


Download 4.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet82/201
Sana15.11.2023
Hajmi4.8 Mb.
#1777178
TuriСборник
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   201
Bog'liq
Конференция 13-oktyabr 2022

“Keksalik va hozirgi zamon: mavjud holat, rivojlanish tendensiyalari va istiqboldagi muammolar” 
mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to‘plami
84
tub o‘zgarishlar ro‘y beradi. Bu o‘zgarishlarning silliqroq kechishi nafaqat sog‘liqni 
saqlash tizimiga, balki jamiyatning boshqa tuzilmalariga – iqtisodiy, ishlab chiqarish
rekreatsiya, ijtimoiy ta’minot, oila va boshqalarga ham bog‘liqdir.
Fikrimizcha, inson organizmida ro‘y beradigan o‘zgarishlar: jismoniy quvvatning 
zaiflashuvi, ish qobiliyatining susayishi, tashqi ta’sirga moslashishi va javob 
reaksiyalarining sekinlashuvi va boshqalar 55–60 yosh chegarasidan yuzaga chiqadi. 
Demak, keksalik davrining boshlanishiga shartli ravishda O‘zbekistonda belgilangan 
mehnatga layoqatli yoshning eng yuqori chegarasini asos sifatida olishni va mehnatga 
layoqatli yoshdan katta bo‘lgan aholi – 55 va undan yuqori yoshdagi ayollar, 60 va 
undan yuqori yoshlarni erkaklarni qariyalar guruhiga kiritish mumkin, deb hisoblaymiz.
Keksalarda yoshi bilan birga paydo bo‘ladigan ko‘pgina muammolari mavjud. 
Keksalarning asosiy muammolaridan biri bu – sog‘lig‘i deb olish mumkin. Ma’lumki, 
“qariyalar orasida kasallanish darajasi yoshlarga qaraganda 2 baravar, keksalar orasida 
esa 6 baravar yuqori. Bu surunkali kasalliklar (artikulyar, yurak-qon tomir va boshqalar), 
eshitish qobiliyati, ko‘rish, ortopedik muammolardan iborat. Keksalarni davolash 
qiymati yoshlarga qaraganda 1,5-1,7 baravar ko‘pni tashkil etadi”
30
. Ko‘pincha, 
keksalarning kasalliklari shu qadar jiddiyki, ular o‘zlariga xizmat qila olmaydilar va 
24 soat tibbiy yordamga muhtojdirlar.
Keksalarning muhim muammolaridan biri – yolg‘izlik, injiqlik va ijtimoiy 
munosabatlarning еtishmasligi bilan tavsiflanadi. Qarilikda bunday muammolar fojiali 
sabablarga ko‘ra paydo bo‘ladi: misol, turmush o‘rtog‘ining o‘limi, uzoq davom etgan 
kasallik, kasbiy va ijtimoiy faoliyatning to‘xtashi.
Moddiy ta’minot, aniqrog‘i ishonchsizlik keksalarni doimiy tashvishlantirishga 
zamin yaratadi. Ko‘pincha o‘zining eng zarur narsalar uchun mablag‘ ajratish, o‘z 
dafn marosimini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash haqidagi sarf xarajatlarni rejalashtira 
olmaydilar. 
Keksalikning o‘ziga xos xarakterli psixologik xususiyatlaridan biri bu ongli 
ravishda yaqinlashib kelayotgan o‘limini ogohlantirilishidir. Keksa fuqarolarning o‘limi 
sabablari, umuman ularning yoshiga, psixologik, ijtimoiy va moddiy muammolariga 
qarab qisqartirilishi mumkin.
Toshkent shahridagi “Urush va mexnat faxriylari uchun Respublika pansionati” 
1968-yilda tashkil etilgan. Urush va mexnat faxriylari uchun Respublika pansionati 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni 
rivojlantirish agentligining tibbiy-ijtimoiy muassasalari to‘g‘risidagi nizomlarni 
tasdiqlash” haqida 2021-yil 17-sentabirdagi 575-sonli
 5 ilovasida Urush va mehnat 
30
Кузнецова М.А., Новак Е.С. Теория социальной работы. – Волгоград, 2004, – C.74.



Download 4.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   201




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling