KEKSALARNI IJTIMOIY HIMOYA QILISHNING
DEMOGRAFIK ASOSLARI
Annotatsiya. Maqolada aholining keksayish darajasi mezonlari, keksayish darajasining “qarish
indeksi” hamda rivojlanishining hozirgi bosqichida ijtimoiy-iqtisodiy hayotdagi o‘zgarishlar
demografik jarayonlarga ta’siri ko‘rsatilgan.
Kalit so‘zlar: oila, demografik baholash, tug‘ilish, o‘lim ko‘rsatkichlari, xotin-qizlar, aholi,
keksayish darajasi.
Аннотация. В статье показаны критерии старения населения, влияние «индекса
старения» на социально-экономические изменения жизни и демографические процессы на
современном этапе развития.
Ключевые слова: семья, демографическая оценка, рождаемость, смертность, женщины,
население, старение.
Annotation. The article shows the criteria for population aging, the impact of the “aging index”
on socio-economic changes in life and demographic processes at the present stage of development.
Key words: family, demographic assessment, birth rate, mortality, women, population, aging.
Aholining keksayishi hozirgi davrning zamonaviy demografik hodisasi hisoblanib,
garchi uning rivojlanish intensivligi turlicha bo‘lsada, barcha mamlakatlar uchun xos
bo‘lmoqda. Kishilik jamiyati rivojlanishining hozirgi bosqichida ijtimoiy-iqtisodiy
hayotdagi o‘zgarishlar demografik jarayonlarga sezilarli darajada ta’sir ko‘rsatdi:
tug‘ilish va o‘lim ko‘rsatkichlari keskin kamaydi, aholining tug‘ilganda kutilayotgan
hayot davomiyligi uzaydi. Buning natijasida aholining keksayish jarayoni boshlandi.
Demograf olimlar tomonidan aholining keksayish darajasini “qarish indeksi”
yordamida baholash taklif etilgan. “Qarish indeksi” tushunchasi fanga taniqli demograf
A.Sovi tomonidan kiritilgan. Fransuz demografi qarish indeksini mehnatga layoqatli
yoshdan katta bo‘lgan aholi (qariyalar) sonining mehnatga layoqatli yoshgacha bo‘lgan
aholi (bolalar) soniga foizlarda hisoblangan nisbati orqali aniqlashni va
aholining
keksayish darajasini baholashda hozirda jahonning ko‘pchilik mamlakatlarida
foydalanilayotgan quyidagi demografik mezonni taklif qildi (1-jadval).
Do'stlaringiz bilan baham: |