“Keksalik va hozirgi zamon: mavjud holat, rivojlanish tendensiyalari va istiqboldagi muammolar”
mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to‘plami
89
Bugungi kunda keksalarimizni tashvishlantirayotgan omillardan 37%
adolatsizlikning mavjudligi, 22% aniq fikrga ega emasligi, 21% mahalliychilik, tinish-
bilishchilik, 17% buzg‘unchi g‘oyalar
kuchayib borayotganligi, 3% rahbarlardagi
tajribasizlik deb baholashgan. Bundan ko‘rinib
turibdiki, bugungi kunda keksalarga
bo‘lgan
munosabatda adolat, hurmat, tajriba kabi mezonlarni yanada mustahkamlashni
taqazo etaldi.
3-jadval
Jamiyatdagi so‘nggi o‘zgarishlarning keksalar kayfiyatiga ta’siri
Keksa fuqarolarni tashvishlantirayotgan omillar va jamiyatdagi so‘nggi
ijtimoiy
o‘zgarishlarning keksalar kayfiyatiga ta’sirini o‘rganish bo‘yicha berilgan savollarga
respondentlar holis baho berishdi. Bundan ko‘rinib turibdiki,
hali tumanlar miqyosida
mazkur yo‘nalishlarda ishlarni olib borish talab etiladi (2-3jadval).
Keksa fuqarolarning ijtimoiy muammolarini o‘rganganimizda, birinchidan,
jiddiy
muammolardan biri bu sog‘lig‘ining yomonlashishi va borgan sari og‘irlashishi,
ikkinchidan, o‘zaro yordam zarurligi munosabati bilan nikohning ahamiyati. Yana
bir eng muhim muammolardan biri bu maqbul moddiy turmush darajasi. Afsuski,
ularning moliyaviy aholi respondentlarning atigi 18% “yaxshi”, 71% “qoniqarli”,
11% “yomon” deb baholashgan (4-jadval).