“Keksalik va hozirgi zamon: mavjud holat, rivojlanish tendensiyalari va istiqboldagi muammolar”
mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to‘plami
86
amalga oshiriladi, ular (ma’muriyat bilan bir qatorda) vasiylikka olinganlarning
sog‘lig‘i, ovqatlanish rejimi va sifati, davolash-profilaktika tadbirlarining
o‘tkazilishi hamda sanitariya qoidalari normalari va gigiena normativlariga rioya
etilishi uchun javob beradilar. Dastlabki tibbiy yordam ko‘rsatish, sog‘liqni
saqlash tizimining yuqori malakali mutaxassislarini jalb etgan holda keksalar va
nogironligi bo‘lgan shaxslarni har yili ikki marta bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish,
sanatoriylarda sog‘lomlashtirish va ixtisoslashtirilgan statsionarlarda davolashni tashkil
qilinadi. Keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarni protez-ortopediya buyumlari,
reabilitatsiyaning texnik vositalari (eshitish apparatlari, nogironligi bo‘lgan shaxslar
aravachalari, hassa va qo‘ltiqtayoqlar, yurish moslamalari), shaxsiy gigiena vositalari
bilan ta’minlanadi.
Pansionatda vasiylikka olinganlarning tibbiy-ijtimoiy ta’minoti to‘liq davlat
ta’minoti asosida amalga oshiriladi. Vasiylikka olinganlarni oziq-ovqat, kiyim-bosh,
poyabzal, ashyoviy ta’minotning boshqa buyumlari va yumshoq anjomlar bilan
ta’minlash va pansionat faoliyatini moliyalashtirish O‘zbekiston Respublikasining
respublika byudjetidan ajratiladigan mablag‘lar, jismoniy va yuridik shaxslarning
homiylik xayriyalari, qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar
hisobiga amalga oshiriladi.
Urush va mehnat faxriylari uchun Respublika pansionatidagi
fuqarolarning toifalari bo‘yicha ma’lumot
Umumiy kasallik bo‘yicha nogironlar
Bolalikdan nogiron
Harbiy nogiron
Yoshga
doir nogiron
UVUN
UVUQ
UTF
Baynalminal
ChAES
Mehnat faxriysi
20
2
1
65
1
1
6
0
0
65
Do'stlaringiz bilan baham: |