«старость и настоящее время: текущая ситуация, тенденции развития и предстоящие проблемы»


“Keksalik va hozirgi zamon: mavjud holat, rivojlanish tendensiyalari va istiqboldagi muammolar”


Download 4.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet78/201
Sana15.11.2023
Hajmi4.8 Mb.
#1777178
TuriСборник
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   201
Bog'liq
Конференция 13-oktyabr 2022

“Keksalik va hozirgi zamon: mavjud holat, rivojlanish tendensiyalari va istiqboldagi muammolar” 
mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to‘plami
78
faollik sezilmayotganidan dalolatdir. Shunday ekan, bugungi kunda ayollarning 
islomiy ta’lim tarbiya olishlari yuzasidan tushayotgan takliflarni chuqur o‘rganish 
lozim. Mamlakatimizda ayollar ta’lim tarbiyasiga berilayotgan e’tibor, shuningdek 
xotin-qizlar madrasalariga O‘MI va homiylar, “Vaqf” jamoatchilik fondi tomonidan 
yaratilayotgan shart-sharoitlar inobatga olinsa, mazkur soha vakilalarini mamlakatimiz 
xotin-qizlarining ijtimoiylashuvida muhim rol o‘ynashini ko‘rish mumkin. 
Bundan ko‘zlangan maqsad esa hududlarda, shahar-tumanlarda, mahallalarda 
milliy-diniy qadriyat va ma’rosimlarni tiklash, xotin-qizlar o‘rtasida din bilan bog‘liq 
masalalarni to‘g‘ri talqin etish, yurtimizda olib borilayotgan diniy-ma’rifiy islohotlar 
mohiyatini tushuntirib borish, oilada sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, onalik va 
bolalikni ijtimoiy muhofaza qilish bo‘yichi manzilli chora-tadbirlar samaradorligini 
oshirishdir. Mazkur faoliyatni bajarishda albatta mahallalardagi norasmiy liderlar 
toifasiga kirgan otinoyilarni o‘rni muhimdir. Shunday ekan, bugun Respublikamizda 
ayol-qizlarga xoslangan madrasa bitiruvchilarini har tomonlama diniy va dunyoviy 
bilimlar, qo‘shimcha hunarli bo‘lib, ulardan jamiyatda ana shunday ishlarni bajarishda 
foydalanishga katta e’tibor qaratilmoqda.
Respublikada faoliyat ko‘rsatayotgan ayollar madrasalardan biri Jo‘ybari Kalonga 
1992–1993-o‘quv yilidan 2005–2006-o‘quv yilllar oralig‘ida 452 nafar talaba o‘qishga 
kirgan, ulardan 335 nafar talaba bitirgan va mustaqil hayotga yo‘l olgan. O‘quv intizomi 
pedagogik jamoaning diqqat markazida bo‘lgan. Aksariyat talabalar o‘quv intizomini 
buzganligi va boshqa sabablarga ko‘ra talabalar safidan chiqqan. Bilim yurtining 80 
foiz talabalari qo‘shimcha to‘garaklar orqali bilimlarini mustahkamlaganlar.
2006–2007-o‘quv yilidan 2015–2016-o‘quv yiligacha 130 nafar talaba tahsil 
olgan va tamomlagan. Ularga 17–19 nafar mudarrisalar saboq bergan 
[5.154V]. 
Mazkur yillarda Jo‘ybari Kalonda ancha ishlar tashkil qilinib, asosan ularni yaxshi 
shart-sharoitlarda o‘qishi, madrasaning qiyofasi yangi bosqichga ko‘tarilgan. 
Talabalarni adabiyotlar bilan ta’minlash, madrasadagi ARM fondidagi adabiyotlarni 
boyitishdagi ishlar takomillashib, mutaxassislik va darsliklar, turli ijtimoiy-siyosiy, 
badiiy adabiyotlarning adadi 10 000 (o‘n ming) dan ortgan hamda talabalar ixtiyoriga 
topshirilgan. 
Hozirgi kunda Jo‘ybari kalon o‘rta maxsus islom bilim yurtida oldingi yillarga 
qaraganda kvota teng barobarga 30 tagacha oshirilgan. Bundan tashqari bitiruvchilar 
faoliyatini keyingi bosqichda Toshkent islom instituti va Mir Arab oliy madrasasida 
davom ettirish istagi ortib bormoqda.



Download 4.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   201




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling