“Keksalik va hozirgi zamon: mavjud holat, rivojlanish tendensiyalari va istiqboldagi muammolar”
mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to‘plami
57
aksini suvga tushirib turgan ekan. Shundan keyin o‘sha davlatda kekslarga hurmat
ko‘rsatila boshlabdi.
Tarixdan ma’lumki, keksa avlod vakillalrini e’zozlash, ularning
tajribasiga tayanish
nafaqat oilalarimizda, balki jamiyat taraqqiyotida ham o‘z samarasini berib kelgan.
Yoshlarning boshini silab, bir adashgan insonni to‘g‘ri yo‘lga boshlab,
yiqilgan
insonni turg‘azib qo‘yish uchun madad qo‘lini uzatish, keksalarini ulug‘lagan
xalqning kelajagi porloq, ertasi bugunidan ko‘ra farovon bo‘lishiga tarix guvoh.
Demoqchimizki, fikrimizning isboti sifatida davlatimiz mustaqillikka erishganidan
so‘ng, ilk kunlaridan boshlab Birinchi Prezidentimizning yolg‘iz pensionerlar va
nogironlarning ijtimoiy himoyasi bilan bog‘liq masalalar bilan bog‘liq hujjatalrida
1991-yil 27-maydagi “O‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz pensionerlarni ijtimoiy
himoyalash yuzasidan qo‘shimcha tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-212-son Farmoni va
“O‘zbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish to‘g‘risida”gi
O‘zbekiston Respublikasi qonunida o‘z aksini topdi. Birinchi Prezidentimizni alohida
e’tibori va g‘amxo‘rligi tufayli yoshi ulug‘ insonlarni
ijtimoiy muhofaza qilish,
ularni moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash, turmush darajasini yaxshilash inson
manfaatlari ustuvor bo‘lgan davlatimiz siyosatida muhim yo‘nalishlardan biri sifatida
belgilab olindi. Bu borada izchil islohotlar amalga oshirilib,O‘zbekiston
Respublikasi
Prezidentining “O‘zbekiston faxriylarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy”
jamg‘armasi to‘g‘risida”gi
Do'stlaringiz bilan baham: