«старость и настоящее время: текущая ситуация, тенденции развития и предстоящие проблемы»


-yil 4-dekabrdagi Farmonini bajarish


Download 4.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/201
Sana15.11.2023
Hajmi4.8 Mb.
#1777178
TuriСборник
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   201
Bog'liq
Конференция 13-oktyabr 2022

1996-yil 4-dekabrdagi Farmonini bajarish yuzasidan 
Vazirlar Mahkamasi qarori asosida O‘zbekiston faxriylarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash 
“Nuroniy” jamg‘armasi tashkil etildi.
Odamzodning xarakteri shunday yaralganki, har tomonlama keng dunyoqarashga 
ega, kuchli va xalqparvar rahbarni tan olib ortidan ergashadi. Xalqparvar rahbar ham 
xalqini yuragiga qo‘l solib dardiga darmon bo‘ladi. Bu haqda sharq allomalarining 
ko‘plab asarlarida keltirilgan, jumladn fikrimizni isboti sifatida, hazrat Navoiy 
bobomizning mashhur satrlarini keltiramiz:
“Odami ersang, demagil odami
Onikim yo‘q xalq g‘amidin g‘ami”
21
O‘tgan qisqa davr ichida “Xalq qabulxonasi” degan so‘zlar paydo bo‘lib ,rahbarlar 
oddiy xalq bilan muloqot qilishni o‘rgandi. Bunda yolg‘iz keksalar, nogironlar
nuroniylar fikrlari so‘ralib muammolariga yechim topilmoqda. Bunday isloholar 
dunyo xalqlarida ham qiziqish uyg‘otmoqda. Dunyo siyosatchilari O‘zbekistonda 
21 
 Rafiqov Qudratulla Mening Prezidentim. – Toshkent: Akademnashr, 2021. – 72 b.


“Keksalik va hozirgi zamon: mavjud holat, rivojlanish tendensiyalari va istiqboldagi muammolar” 
mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to‘plami
58
amalga oshirlayotgan jadal islohotlarni kuzatar ekan, bu yangilanishlar tashabbuskori 
Hurmatli yurtboshimiz Sh.Mirziyoyevni 
“Xitoy mo‘’jizasi” muallifi Den Syaopinga 
qiyoslashmoqda. Ehtimol, bu o‘xshashlikni tahlilchilar ochiqlik va keskin islohotlar 
asosida donishmandlik bilan ish tutgan Den Syaopinning 
“Odamlar o‘tgan yilga 
nisbatan bu yil yaxshiroq yashasin” degan yagona shiori bilan Shavkat Mirziyoyevning 
“Odamlar ertaga emas, uzoq kelajakda emas, bugun yaxshi yashashi kerak” 
degan amaliy tashabbuslari o‘rtasida ko‘rgan bo‘lishlari ham mumkin”
22
. Hurmatli 
yurtboshimiz faoliyatining ilk kunlaridanoq, hududlarda uchrashuvlar, odamlarning 
kayfiyati, ularning yashash tarzi bilan qiziqish, ularning dard-u orzularini tinglash, 
xalqning ichiga kirish, uni rozi qilish degan talablarning o‘rtaga qo‘yilishi asosiy 
maqsadi edi.
O‘zbekiston Respublikasida o‘tkazilayotgan mamalakat iqtisodini barqaror va 
dinamik ravishda rivojlantirishga tayangan kuchli ijtimoiy siyosat natijasida aholi 
farovonligi jiddiy ravishda o‘sib bormoqda, odamlarning turmush sifati yaxshilanmoqda 
va bu o‘z navbatida o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligining va aholi strukturasida keksa 
yoshdagi odamlar ulushining oshishiga asos bo‘ldi.
Davlatimiz rahbari Prezidentlik lavozimiga kirishgan ilk davrdanoq keksalarga 
doimiy g‘amxo‘rlik ko‘rsatish davlatimiz siyosatining ustuvor vazifalaridan biriga 
aylandi. Bu borada Yurtboshimizning keksalarni qo‘llab –quvvatlash davlat tizimini 
yanada takomillashtirish maqsadida qariyalar va faxriylarni ijtimoiy himoyalash, 
ularning faolligini oshirish,mamlakatning ijtimoiy-siyosiy hayotida to‘laqonli ishtirok 
etishlari uchun shart-sharoitlar yaratish, tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash sohasida 
kata avlod vakillarining rolini oshirish uchun qabul qilingan 

Download 4.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   201




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling