«старость и настоящее время: текущая ситуация, тенденции развития и предстоящие проблемы»
“Keksalik va hozirgi zamon: mavjud holat, rivojlanish tendensiyalari va istiqboldagi muammolar”
Download 4.8 Mb. Pdf ko'rish
|
Конференция 13-oktyabr 2022
“Keksalik va hozirgi zamon: mavjud holat, rivojlanish tendensiyalari va istiqboldagi muammolar”
mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to‘plami 148 Jamiyatning ma’naviy qiyofasi oilalarning qandayligiga bog‘liqligi azaliy haqiqat. Oiladagi keksalarning xizmatlarini qilish, ularning hurmatlarini joyiga qo‘yish, xushmuomalalik kabi fazilatlarning shakllanishida keksalarimizning o‘rni beqiyos. Oilaning ma’naviy-ahloqiy qiyofasi ajdodlarimizdan bizga o‘tgan bilim va tajriba, madaniy qadriyatlar asosida va yurtdoshlarimizning erishgan yutuqlari negizida paydo bo‘ladi. Hozirgi tahlikali, globallashuv jarayonida muqaddas islom dinimiz g‘oyalarini niqob qilib xalqimiz, ayniqsa yoshlarimizning dinga bo‘lgan qiziqishlari, e’tiqodlaridan o‘zlarining g‘arazli maqsadlarini amalga oshirishga bo‘lgan urinishlari bo‘lmoqda. Bunday vaziyatda bizlar albatta yoshi ulug‘larimiz va olimu ulamolarimizning yordami va tajribalariga tayangan holda amaliy maslahatlariga muhtojlik sezamiz. Yurtimizning kelajakda ma’naviy еtuk barkamol farzandlar tarbiyalash borasidagi vazifalari davlat darajasiga ko‘tarilishining asosi bor albatta. Bunda xalqimizning ming yillik tarixi, bugungi ma’naviy hayotimizning ham asosi bo‘lgan sof islom dinimiz bu yo‘ldan sobit qadam bilan yurishimizga yordam beradi. Chunki keksalari e’zozlanadigan yurt albatta yuksak marralarni egallaydi, negaki, ularning boy tajribalari, zakovati, hayotiy tajribalari bizlar uchun mayoqdir. Bu davlatimiz qudrati, mamlakatimiz kelajagi bilimli, dono va ma’naviy barkamol avlodlarga bog‘liq ekanligini chuqur anglagan holda harakat qilish lozimligini ko‘rsatadi. Xalqimizning asrlar davomida shakllangan yuksak ma’naviyati, an’ana va udumlari, ulug‘ bobokalonlarimizning o‘lmas merosidan oziqlanishimiz hayotiy zaruriyatdir. Davlatimiz tomonidan yuritilayotgan muhim vazifalardan yana biri, aholining barcha qatlamlarini yurtimizning tinchligiga, hotirjamligiga tahdid soluvchi vositalardan imkon qadar uzoqlashish, ularning zararli oqibatlarini yoshlarga еtkazishda keksalarimizning o‘rnini yuqori qo‘yish darkor. Yuksak texnologiyalar shiddat bilan kirib kelayotgan bu davrimiz yoshlarda mas’uliyat, e’tibor, odamiylik kabi hissiyotlarni chegaralab qo‘ymoqda. Bularning o‘rnini internetdagi virtual aloqalar orqali amalga oshirsa bo‘ladi, degan fikrda yurgan ba’zi yoshlarimiz borligi achinarli holdir. Negaki, inson yoshi o‘tgan sari mehrga, e’tiborga, farzandlarining ko‘magiga muhtoj bo‘lishi tabiiy. Ayrim yoshlar bunday ko‘makka javob berishning oson va qulay usulini ham topishgan. Ya’ni telefon orqali muloqot qilish, kerakli mahsulotlarni xonadonlarga yеtkazib beruvchi tashkilotlardan foydalangan holda ota-onasiga mahsulot yеtkazib berishni so‘ramoqdalar (albatta, pul bilan). Lekin ota-ona bu narsalarni so‘rashdan maqsadi farzandi bilan biroz bo‘lsada suhbatlashish va diydoriga to‘yish ekanligini afsuski unutib qo‘ymoqdamiz. Ularning |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling