«старость и настоящее время: текущая ситуация, тенденции развития и предстоящие проблемы»
Download 4.8 Mb. Pdf ko'rish
|
Конференция 13-oktyabr 2022
- Bu sahifa navigatsiya:
- “Keksalik va hozirgi zamon: mavjud holat, rivojlanish tendensiyalari va istiqboldagi muammolar” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to‘plami 152
Ключевые слова: старшее поколение, социалная поддержка, постоянное население,
традитсии, обычаи, поколение, родители. Annotation. The article outlines specific peculiarities of the life of the elderly in Uzbekistan, state programs of supporting the elderly and preserving national values, traditions and customs of Uzbek nation, which is mainly the merit of the elderly. Key words: the elderly, social support, permanent population, traditions, customs, generation, parents. O‘rtacha umr ko‘rishning o‘sishi insoniyat uchun katta ne’matdir. Jamiyatning ijtimoiy tuzilmasida keksalar ulushini oshirish omillaridan biri - tibbiyot va tibbiy texnologiyalarning rivojlanishining mavjudligi hisoblanadi. Ijtimoiy-demografik sohadagi ushbu tendentsiyani o‘rganish, jamiyatdagi keksa odamlar ulushining o‘sishi keksa yoshdagi aholining hayotini o‘rganishni, ularning yangi, doimiy o‘zgaruvchan turmush sharoitlariga moslashishi bilan bog‘liq asosiy qarama-qarshiliklar va muammolarni aniqlashni dolzarblashtiradi. Ijtimoiy farovonlik, keksalar hayotining xususiyatlarini tahlil qilish aholining ushbu yosh guruhini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash sohasida samarali davlat siyosatini amalga oshirish uchun asosdir. Bu, ayniqsa, mamlakatimizning ham, dunyoning barcha davlatlarida ham har bir shaxsning konstitutsiyaviy mustahkamlab qo‘yilgan huquq va erkinliklari to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida alohida ahamiyat kasb etadi. “Keksalik va hozirgi zamon: mavjud holat, rivojlanish tendensiyalari va istiqboldagi muammolar” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to‘plami 152 O‘zbekiston Respublikasida keksalarga g‘amxo‘rlik ko‘rsatish va e’tiborni kuchaytirish, ularning turmush darajasi va sifatini oshirish uchun qulay tashkiliy- huquqiy shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan qonunchilik va me’yoriy-huquqiy bazani yanada takomillashtirish, pensiya ta’minoti va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish davlat dasturlarinining eng ustuvor vazifalari hisoblanadi. Shunday qilib, O‘zbekiston Respublikasida keksa avlod vakillari hayotining o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganish keksa yoshdagi aholini qo‘llab- quvvatlash bo‘yicha davlat dasturlari samaradorligini tahlil qilish, shuningdek, bunday faoliyatni rivojlantirish imkonini beradi. Keksa avlodni yosh kogortasining bir turi sifatida bir xil vaqt oralig‘ida va bir xil sharoitlarda tug‘ilgan va ijtimoiy moslashishning asosiy bosqichlarini bosib o‘tgan ma’lum bir guruh odamlari nuqtai nazaridan talqin qilish mumkin. Keksa avlod deganda, yoshi 55 yoshdan oshgan erkaklar va ayollarni o‘z ichiga olgan ijtimoiy guruhni tushunamiz. Oʻzbekiston aholisi soni 2022-yil 1-yanvar holatiga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 35,3 million kishini tashkil qildi. Aholining o‘rtacha yoshi 29,1 yoshni tashkil etadi, bu uning boshqa mamlakatlarga nisbatan yosh tarkibini tavsiflaydi. Oʻzbekiston aholisining 18,9 million kishi 30 yoshgacha bo‘lganlar, 11,7 million kishi 30 yoshdan 54 yoshgacha bo‘lganlar va 4,6 million kishi 55 yoshdan kattalarni tashkil etgan. (1-rasm). 1-rasm 2022-yilning 1-yanvar holatiga respublikada 55 yoshdan kattalar doimiy aholiga nisbatan 13,1 foyizni tashkil etgan. (2-rasm). |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling