«старость и настоящее время: текущая ситуация, тенденции развития и предстоящие проблемы»


“Keksalik va hozirgi zamon: mavjud holat, rivojlanish tendensiyalari va istiqboldagi muammolar”


Download 4.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet145/201
Sana15.11.2023
Hajmi4.8 Mb.
#1777178
TuriСборник
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   201
Bog'liq
Конференция 13-oktyabr 2022

“Keksalik va hozirgi zamon: mavjud holat, rivojlanish tendensiyalari va istiqboldagi muammolar” 
mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to‘plami
149
gaplarini go‘yoki bir injiqlikdan boshqa narsa emas deya baholayotganligimiz bilan 
o‘z farzandlarimizga o‘rnak bo‘layotganligimizni unutib qo‘ymaylik. Inson taftini 
inson ko‘taradi. Zero, insoniyatda keksalik davrini boshidan kechirishi bor, biroq bu 
xolat uning zaifligi, muhtojligi bilan kechmaydi, deb kim kafolat bera oladi. Shunday 
ekan ularni e’zozlash degani aytgan narsasini muhayyo qilish emas, balki ularning 
e’tiborlarini qozonish, rozi qilish ham darkor. 
Axir muqaddas kalom bo‘lmish Qur’oni Karimda “Rabbingiz, Uning O‘zigagina 
ibodat qilishingizni hamda ota-onaga yaxshilik qilishni amr etdi. (Ey inson) Agar 
ularning biri yoki har ikkisi huzuringda 
keksalik yoshiga еtsalar ularga “uf!...” dema 
va ularni jerkima! Ularga doimo yoqimli so‘z ayt!” (Isro surasi, 23 oyat), deyilishi 
bejiz emas, albatta.
Xalqimizga xos bo‘lgan iymon-e’tiqod, insof-diyonat, sahovat, halollik, mehr-
oqibat, sharmu-hayo kabi fazilatlarni yanada yuksaltirib borishda keksalarning 
ko‘magiga doim muhtojlik sezishimiz tabiiydir. Oilalardagi tinchlik, totuvlik, halovat, 
o‘zaro rahm-shafqat bo‘lishi har bir oila a’zosining burchi va mas’uliyatidir. Bunday 
insoniy fazilatlarni anglagan oila a’zolari o‘z zimmalaridagi vazifalarini yaxshi bilishi 
va yoshlar tarbiyasida qo‘llashlari lozim. 
Abu Umoma (Olloh rozi bo‘lsin) dan rivoyat qilingan hadisi sharifda bunday 
deyiladi: “Uch toifa kishilarni: musulmon qariya, olim va odil podshohni faqat munofiq 
inson hurmat qilmaydi” (Imom Tabaroniy rivoyati). Bu Hadisi sharifdan shu narsa 
anglanadiki, yoshi kattalarni hurmatlash, ehtirom qilish go‘zal fazilat ekanligi, yoshlar 
qalbida yaxshi xulqlarga muhabbat uyg‘otish va ularni shunday fazilatlar sohibi 
bo‘lishga undaydigan chiroyli odob bo‘lishi ham muhim o‘rinni egallaydi.
Mamlakatimizda keksa fuqarolarga davlat va jamiyat tomonidan diqqat-e’tibor, 
g‘amxo‘rlik ko‘rsatishni oshirish hamda ularni ijtimoiy muhofaza qilishni, moddiy va 
ma’naviy qo‘llab-quvvatlashni yanada kuchaytirish maqsadida 2002-yil O‘zbekiston 
Respublikasida “Qariyalarni qadrlash yili” [1], 2015-yilni “Keksalarni e’zozlash yili” 
[2] deb e’lon qilgani keksalarni – xonadonlarimizning fayzu-barakasi bo‘lgan otaxon 
va onaxonlarimizga bo‘lgan yuksak ehtiromni ko‘rsatadi.
Shuningdek, voyaga еtgan, mehnatga layoqatli farzandlarning o‘z ota-onalari haqida 
g‘amxo‘rlik qilishlari majburiyligi konstutitsiyamizning “Oila” bobi 66-moddasida 
[3] alohida mustahkamlab qo‘yilgan.
Xulosa qilib aytganda, yoshlarda milliy g‘urur tuyg‘usini kuchaytirishga xalqimiz 
o‘tmishini va boy tarixini o‘rganish, jahon taraqqiyotiga daxldor bo‘lgan sharq 
madaniyatini puxta egallash ham katta ahamiyatga egadir. Bu yo‘lda yoshi ulug‘lar, 
ota-onalar ibrat bo‘lishlariga ehtiyoj sezamiz.



Download 4.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   201




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling