«старость и настоящее время: текущая ситуация, тенденции развития и предстоящие проблемы»
Download 4.8 Mb. Pdf ko'rish
|
Конференция 13-oktyabr 2022
- Bu sahifa navigatsiya:
- “Keksalik va hozirgi zamon: mavjud holat, rivojlanish tendensiyalari va istiqboldagi muammolar” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to‘plami 156
Ключевые слова: пожилые люди, система ценностьей, поведение, методология С.
Штерна. Annotation. The article highlights the benefits of old age in terms of ensuring the stability of society, emphasizing the importance of the behavioral patterns and value system of older people. There are also proposals regarding the methodology for studying the value system of the older generation. Key words: elderly people, value system, behavior, S. Stern’s methodology. Hozirgi vaqtda aksariyat iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda keksalar sonining ko‘payishi, ularning jamiyatdagi ijtimoiy ahamiyati, ijtimoiy jarayonlarga ta’sir ko‘rsatish qobiliyati o‘sib borishi holati kuzatilmoqda. O‘zbekistonda 55 yoshdan oshgan ayollar va 60 yoshdan oshgan erkaklar keksalar qatoriga kiritilgan bo‘lib, ular O‘zbekiston aholisining 10 foizini tashkil etadi 61 . Ba’zi manbalarga ko‘ra, 2050-yilga kelib mamlakatda keksa kishilar soni aholi umumiy sonining qariyb 20 foizini tashkil etadi 62 . Zamonaviy jamiyatda ko‘p hollarda keksalik davri salomatlikning yomonlashuvi, o‘jarlik, ijtimoiy faollikning pasayishi kabi salbiy jihatlar 61 Ўзбекистон аҳолисининг 10 фоизини кексалар ташкил этмоқда. 2021й. https://xs.uz/uzkr/post/ ozbekiston-aholisining-10-foizini-keksalar-tashkil-qilmoqda 62 Ўзбекистонда кексалар сони ортмоқда. https://anhor.uz/uz/society/3593-2/ “Keksalik va hozirgi zamon: mavjud holat, rivojlanish tendensiyalari va istiqboldagi muammolar” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to‘plami 156 bilan ifodalanishi keng tarqalgan. Biroq keksalik davrining jamiyat uchun ijobiy tomonlari ham mavjud. Bir qator tadqiqotlar hamda amaliy ishlar asosida 63 keksa insonlarning jamiyat, jumladan, uning barqarorligini ta’minlashda ikki asosiy ijobiy jihati mavjudligi aniqlandi: Birinchidan, ijtimoiy-psixologik tadqiqotlar materiallari shuni ko‘rsatadiki, keksalik davrida odamning ruhiy holati vazminlik, ehtiyotkorlik, xotirjamlik kabi xususiyatlar bilan to‘ldiriladi. Yoshi o‘tgani sari hayotning qadr-qimmati hissi oshadi, insonning o‘zini o‘zi qadrlashiga bo‘lgan munosabati o‘zgaradi. Keksalar o‘zlarining ichki dunyosi va fiziologik holatiga ko‘proq e’tibor berishni boshlab, ularda hayotning yangi ritmi paydo bo‘ladi. Qariyalar o‘z hayotiy tajribasi, hotirjamligi va emotsional barqarorligi tufayli ko‘proq fikrlashga moyil bo‘lishadi, istalgan fors-major va stressli holatlarni hushyorlik, vazminlik hamda sovuqqonlik bilan hal qilishadi. Shu bilan birgalikda keksalarda ko‘p holatlarda vazifalarini vaqtida bajarish ko‘nikmasi shakllangan bo‘ladi. Ikkinchidan, yoshi katta insonlarga yoshligi va o‘tgan umrlari, oldingi davrlarni eslash, xotirlash, qumsash holatlari xos bo‘lib, bu holat ularning o‘zlariga bo‘lgan ishonchi hissini oshishiga olib keladi. Ma’lumki, qadriyatlar inson va jamiyat ma’naviyatining asosiy tarkibiy qismi, atrof-muhitdagi turli voqealar, hodisalar, jarayonlar, holatlar, sifatlar, talab va tartiblarning qadrini ifodalash hamda baholash uchun qo‘llaniladigan tushunchalardir. Asrlar davomida ajdodlardan avlodlarga meros bo‘lib kelgan urf-odatlar, qadriyatlar, an’analar milliylik ramzi sifatida katta qadrga ega. Yoshlar jamiyatning eng katta va harakatchan qismi hisoblangani uchun ularni tarbiyasi, axborot kompetentligini oshirish zamonning dolzarb masalalari qatoriga kiradi. Shu o‘rinda mafkuraviy va ma’naviy xurujlarning maqsad va mohiyatini o‘z vaqtida anglab oladigan va ularga qarshi o‘z fikri, mustaqil dunyoqarashiga ega bo‘lgan barkamol avlodni tarbiyalashda keksa avlodning va milliy qadriyatlarning o‘rni beqiyosdir. Yuqorida keltirilgan ikki hususiyat keksalarning jamiyat va yosh avlod tarbiyasidagi ahamiyatini izohlaydi. Keksalar turmush tarzi, og‘ir vaziyatlarda o‘zini tutish namunasi, shuningdek, suhbatlari bilan jamiyat a’zolarining tarbiyasida muhim o‘rin egallaydi. Shu nuqtai nazardan O‘zbekistonda keksalarning ijtimoiy faolligini va yoshlar tarbiyasidagi ahamiyatini oshirish masalasi dolzarb sanalib, ularni ijtimoiy 63 Преимущества пожилого возраста https://www.seniorgroup.ru/experts/9-preimushchestv-pozhilogo- vozrasta/ |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling