“Keksalik va hozirgi zamon: mavjud holat, rivojlanish tendensiyalari va istiqboldagi muammolar”
mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to‘plami
188
Barcha – aqlga, aql – yillarga, yillar – tajribaga muhtojdir.
Mavjud holat. Ijtimoiy tarmoqlarimizdagi chiqishlarga e’tibor qaratamiz:
“Keksalarni hurmat qilish – hammaning burchi”, “keksalar e’zozlanmoqda”,
“Keksalarni e’zozlash, ularga hurmat-ehtirom ko‘rsatish – xalqimizga xos ezgu
fazilat”, “Keksalar haftaligi”, “Keksalar maslahati”
guruhlari, yurtimizdagi barcha
mahallalarda nuroniylar, shu
jumladan, “Saxovat” va “Muruvvat” internat uylarida
istiqomat qilayotgan keksalar ishtirokida madaniy-ma’rifiy tadbirlar, tanlovlar, xayriya
tadbirlari, jumladan, nuroniy va yoshlar uchrashuvlari o‘tkazildi... Sifatlashlarni yana
davom ettiraverish mumkin.
Biroq faranglar aytmoqchi, voqealar rivojiga de yure/de
facto rakursdan
yondoshaqlik-chi. Shakldan – mohiyatga, ommaviylikdan – xususiylikka kirib boraylik-
chi. Manzara qanday: axir, O‘zbekiston bizning yurt! Uning yutug‘u-yutqizig‘i ham
bizniki!
Do'stlaringiz bilan baham: