«старость и настоящее время: текущая ситуация, тенденции развития и предстоящие проблемы»
“Keksalik va hozirgi zamon: mavjud holat, rivojlanish tendensiyalari va istiqboldagi muammolar”
Download 4.8 Mb. Pdf ko'rish
|
Конференция 13-oktyabr 2022
“Keksalik va hozirgi zamon: mavjud holat, rivojlanish tendensiyalari va istiqboldagi muammolar”
mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to‘plami 184 uning natijasi sifatida tushunilmoqda. Keksayish jarayoni shaxsning o‘rta yoshdan qari yoshlilar guruhiga o‘tishi bilan xarakterlanadi. Keksayish barcha jarayonlar kabi bir qancha bosqichlardan iborat bo‘lib, Jahon Sog‘liqni saqlash tashkiloti bu borada uchta tadrijiy bosqichni belgilaydi: 60 yoshdan 74 yoshgacha – keksalik, 75 yoshdan 89 yoshgacha – qarilik, 90 yosh va undan katta yosh uzoq umr ko‘ruvchilar. Fikrimizcha, keksalikning jahon miqyosidagi aniq standarti bo‘lishi mumkin emas. Chunki keksalikni davrlarga bo‘lish muayyan mamlakatdagi o‘rtacha umr ko‘rish darajasi bilan bog‘liq holda ko‘rib chiqilishi lozim. BMTning Statistik byurosi va aholi bo‘limi hamda milliy statistik tashkilotlarning ma’lumotlariga ko‘ra, o‘rtacha umr ko‘rish darajasi Yevropada erkaklar orasida – 71 yosh, ayollar o‘rtasida – 79 yosh, dunyo bo‘yicha esa shunga mos ravishda 64 yosh va 68 yosh. O‘zbekistonda 2022-yil 1-yanvar holatiga o‘rtacha umr ko‘rish 73 yosh, erkaklar uchun 71,7 va ayollar uchun esa 75,8 yoshni tashkil etadi 69 . O‘zbekiston uchun quyidagi bosqichlar mos keladi: 60–69 yosh – keksalik, 70–84 yosh – qarilik, 85 yosh va undan kattalar – uzoq umr ko‘ruvchilar. Qur’oni karimning «Nahl» surasi, 70-oyatida «tuban umr» ko‘rish iborasi ishlatiladi, ya’ni qarib qartaygan yosh. Shu necha yoshdan boshlanadi degan masalada turli tavsirlar bor: birida 60 yosh desa, boshqasida 75 dan, yana bir rivoyatda 80 dan, boshqasida 90 dan keyin boshlanadi, deyiladi. Farzand go‘dakligida ota-onaga qanchalik muhtoj bo‘lsa, ota-ona keksayganida farzandlarining yordamiga shunchalik zarurat sezadi. Zero, Alloh taolo marhamat qiladilarki, «biz kimga uzoq umr bersak, uning vujudini ham (egik, zaif) qilib qo‘yurmiz. Axir aql yurgizmaydilarmi?!» (Yosin surasi, 68-oyat). Oilada keksalarning borligi – bu baxt. Bu haqda Rasullulloh shunday deganlar: «Agar oralaringizda munkillagan qariyalar, o‘tlab yurgan jonzotlar va emizikli chaqaloqlar bo‘lmaganida edi, boshingizga balolar selday oqib kelardi». Qur’oni karimning «Al-isro» surasi, 23-24-oyatlarida: Ota onaga yaxshilik qilish amr etildi. «Ey inson, agar ularning biri yoki har ikkisi huzuringda keksalik yoshiga еtsalar, ularga «uf» dema va ularni jerkima! Ularga doimo yoqimli so‘z ayt! Ular uchun, mehribonlik bilan, xorlik qanotini past tut va duoda: «Ey Rabbim! Meni ular go‘daklik chog‘imda tarbiyalaganlaridek, sen ham ularga rahm qilgin, deb ayt». Yuqoridagilardan kelib chiqib, aytishimiz mumkinki, ota-onaning farzandi oldida quyidagi burch va majburiyatlari mavjud: ota-ona farzandini halol rizq bilan boqishi; bolaga chiroyli va ma’noli ism qo‘yish; imkoni bo‘lsa aqiqa qilish (ziyofat berish); 69 https://aniq.uz/yangiliklar/uzbekistonda-aholining-urtacha-umr-kurish-davomiyligi-necha-yosh |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling