«старость и настоящее время: текущая ситуация, тенденции развития и предстоящие проблемы»


“Keksalik va hozirgi zamon: mavjud holat, rivojlanish tendensiyalari va istiqboldagi muammolar”


Download 4.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet173/201
Sana15.11.2023
Hajmi4.8 Mb.
#1777178
TuriСборник
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   201
Bog'liq
Конференция 13-oktyabr 2022

“Keksalik va hozirgi zamon: mavjud holat, rivojlanish tendensiyalari va istiqboldagi muammolar” 
mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to‘plami
179
Migratsiya: 
– sabablari (ixtiyoriy va majburiy); 
– tipi (ichki va tashqi);
– turi (ortga qaytadigan va ortga qaytmaydigan) bo‘yicha farqlanadi.
Migratsiyaning ixtiyoriy sabablari orasida salmoqli o‘rinni “oilaning iqtisodiy 
farovonligini ta’minlash” egallaydi. Oilani hamisha muqaddas sanagan o‘zbek xalqi 
ham bugungi kunda dunyo bo‘ylab mehnat migratsiyasi jarayoni ishtirokchisi sifatida 
hayot kechirmoqdalar. Oilada er yoki xotinning mehnat migratsiyasida bo‘lishi 
ularning farzandlari tarbiyasida muayyan iz qoldirishi, tabiiy. Biroq har ikki ota-
onaning mehnat migratsiyasiga chiqib ketishichi?! Voyaga еtayotgan farzandlarini 
keksa avlodga: ota-onasi yoki buvi-buvasiga yoki xolasi, amakisi, tog‘asiga tashlab 
ketar ekanlar, ularning kelajagini iqtisodiy jihatdan ta’minlayotganlariga ishonadilar. 
Biroq masalaning ma’naviy jihatini nazardan qochirayotganlarini hamisha ham anglab 
еtmaydilar. Chunki:
– ota-onalaridan biri yoki har ikkalasi mehnat migratsiyasiga chiqib ketgan holatda 
bolalar tirik ota-onasi bo‘la turib, o‘zlarini noto‘liq oilada voyaga еtayotgandek idrok 
etadilar;
– 3 yoshdan keyingi yosh davriga o‘tish va o‘smirlik, o‘spirinlik yoshiga o‘tishdagi 
o‘ziga xoslikni qiyinchilik bilan boshdan kechiradilar;
– ota-ona g‘amxo‘rligidan, ko‘magi, nazorati-yu, mehridan baxramand bo‘lmagan 
bolalar psixologik stressni his qilib yashaydilar;
– erta ulg‘ayishga duchor qilingan bolalar ishonchni yo‘qotadilar, kattalar va 
tengdoshlari bilan muloqotda qiyinchilikni his qiladilar.
Ham ota, ham onasi mehnat migratsiyasiga chiqib ketayotgan bolalar ko‘p hollarda 
buvi-buvalarga, yaqin qarindoshlarga qoldiriladi. Katta avlodning yosh xususiyatiga 
ko‘ra, bolalar muayyan nazoratda bo‘ladilar, biroq yaqin qarindoshlarning o‘z shaxsiy 
oilalari borligi tufayli еtarlicha e’tibor qaratilmagan bolalar ko‘pincha o‘z hollariga 
tashlab qo‘yiladi. Tadqiqotimiz doirasida bolalarning oiladagi munosabatlarda buvi-
buvalari orqali milliy qadriyatlarning singdirilayotganiga amin bo‘ldik: 
– “Men mustaqil hayotga qadam qo‘yganimda buvamga o‘xshab yurtimizga 
xizmat qilaman. Fabrika qurib, sex ochaman, ko‘plab odamlarni ishga olaman. 
Shunda ularning yaxshiroq yashashiga hissa qo‘shaman va hech kim chet elga chiqib 
ketmaydi”; 
– “Buvim yoshliklaridan gilam to‘qigan ekanlar, hozir hamma ishni texnika 
bajarsa-da, qo‘l mehnati ko‘pchilikka yoqadi. Men ham hunarmand bo‘laman”;
– “O‘z ishimni ustasi bo‘lsam, ko‘p pul topaman va ota-onamni haj safariga olib 
boraman”;



Download 4.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   201




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling