177
Malohat SAIPOVA,
psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa
doktori (PhD), dotsent
MILLIY QADRIYATLAR:
MEHNAT MIGRATSIYASIGA KETGANLARNING OILAVIY
MUNOSABATLARIDAGI O‘ZIGA XOSLIKLAR
Annotatsiya. Maqolada muallif oila ijtimoiy institutini fanlar kesimida o‘rganilishi, oiladagi
qadriyatli yo‘nalishlar tizimi va aholining mehnat migratsiyasiga chiqib ketish sabablari, mehnat
migrantlari oilalarida milliy qadriyatlarning saqlanishi xususida fikr yuritadi.
Tanyach so‘zlar: oila, qadriyatli yo‘nalishlar, migratsiya, ichki, tashqi, kelajak, ma’naviyat.
Аннотация. В статье автор размышляет об изучении социального института семьи
в разрезе науки, системы ценностных направлений в семье и причин мигрaции населения,
сохранения нaциональных ценностей в семьях трудовых мигрантов.
Ключевые слова: семья, ценностные ориентaции, мигрaция, внутренний, внешний, будущее,
духовность.
Annotation. In the article, the author reflects on the study of the social institution of the family in
the context of science, the system of value directions in the family and the reasons for the migration of
the population, the preservation of national values in the families of labor migrants.
Key words: family, value orientations, migration, internal, external, future, spirituality.
Har bir davlatning buyukligi uning fuqarolari, hududida istiqomat qiluvchi
aholisining miqdoriy va sifatga oid ko‘rsatkichlari bilan belgilanadi. Insoniyat o‘zining
minglab yillar davomida mavjud bo‘lishida ishlab chiqqan turmush tarzi – bu oila
bo‘lib, u jamiyatning birmuncha barqaror ijtimoiy instituti sifatida asosiy hayotiy
qadriyatga aylandi.
Zamonaviy jamiyatda oila ko‘plab fanlarning tadqiqot ob’ekti bo‘lgancha muhim
ahamiyatga egalikni saqlab qolgan. Keling, shu o‘rinda sohalar bo‘yicha oilani
o‘rganish jihatlarini ko‘rib chiqamiz:
1) falsafa oilani eng muhim umuminsoniy qadriyat, insoniyat mavjud bo‘lishida
sharoitlari yuqori ijtimoiy, tabiiy va ma’naviy maqsadga muvofiq bo‘lgan yashash
muhiti deb biladi;
2) psixologiya oilani barqarorligi uning a’zolarini o‘zaro munosabatlariga bog‘liq
bo‘lgan kichik ijtimoiy guruh sifatida idrok etadi;
Do'stlaringiz bilan baham: |