“Keksalik va hozirgi zamon: mavjud holat, rivojlanish tendensiyalari va istiqboldagi muammolar”
mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to‘plami
186
nodavlat tashkilotlar tizimi jalb etiladi. Rivojlangan mamlakatlar qonunlarida o‘z
ifodasini topgan, ya’ni xususiy pensiya jamg‘armalari yaxshi faoliyat ko‘rsatmay,
yеtarli pensiya miqdorini ta’minlay olmasa, hukumat 20 yildan kam bo‘lmagan davrda
yangi pensiya tizimiga sug‘urta badali to‘lab borgan fuqarolarga yashash uchun zarur
bo‘lgan eng kam xarajatlar miqdorida pensiya to‘lashni kafolatlaydi.
Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqib, xulosa qilishimiz mumkinki, bugungi kunda
keksalarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash jarayonini sotsiologik yondashuvlar asosida
tadqiq qilish jamiyatning barcha tuzilmalari o‘rtasidagi uyg‘unlik va mutanosiblikni
ta’minlash imkonini beradi. Jumladan, O‘zbekistonda keksalarga bo‘lgan hurmat,
e’tibor milliy mentalitetimizning mazmun-mohiyatini ifoda etishi, olib borilgan
izlanishlarimiz, xorijiy davlatlar tajribasi o‘laroq, o‘tkazgan qiyosiy tahlillarimiz
asosida keksalarning hayot faoliyatini tashkil etish tizimini sifat jihatdan yangi
bosqichga ko‘tarish, ularni yanada qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ko‘plab ishlar
amalga oshirilmoqda. Bu borada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil
15-martdagi PQ-167-son «Nuroniylarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning
turmush darajasini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori
bugungi kunda keksalar va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash, ularning jamiyatdagi
faolligini oshirish masalalariga bag‘ishlangan. Mazkur qarorda «Hech kim mehr va
e’tibordan chetda qolmasin» shiori ostida ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan keksalar
va nuroniylar holidan doimiy xabar olish tizimini tashkil qilish hamda ijtimoiy himoya
dasturlari doirasida davlat xizmatlari ko‘rsatilishini ta’minlash» nazarda tutilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |