«старость и настоящее время: текущая ситуация, тенденции развития и предстоящие проблемы»


Download 4.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet176/201
Sana15.11.2023
Hajmi4.8 Mb.
#1777178
TuriСборник
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   201
Bog'liq
Конференция 13-oktyabr 2022

Ключевые слова: геронтология, социальная геронтология, старение, старение, 
долгожители, модели социальной защиты пожилых людей.
Annotation. This article focuses on the emergence of social gerontology, issues of social 
protection of the elderly, analysis of the lifestyle of the elderly, adaptation to new conditions, 
children’s relationships, social status and role in the family. The duties and obligations of parents 
to their children, and the duties of children to their parents are also investigated.
Key words: gerontology, social gerontology, aging, aging, centenarians, models of social 
protection of the elderly.
Gerontologiya - (yunoncha gerontos – qariya va logos - fan) insonning qarishi 
to‘g‘risidagi fan. Ijtimoiy gerontologiya – keksalarning demografik, ijtimoiy-iqtisodiy, 
psixologik, axloqiy, ma’naviy jihatlarini, keksalarning turmush tarzi, yangi sharoitlarga 
ijtimoiy moslashuvi, ijtimoiy mavqei, oiladagi o‘rni va roli o‘rganadi.
“Gerontologiya” keksalik haqidagi fan bo‘lib, u falsafa va tibbiyot uyg‘unligida 
yuzaga kelgan qadimiy fanlardan biridir. Uning paydo bo‘lishi tibbiyot ilmi asoschislari 
Gippokrat va Ibn Sino, faylasuflar Sitseron va Seneka nomlari bilan bog‘liqdir. 
Insoniyat o‘z taraqqiyotining ilk davridan boshlab uning butun tarixi davomida umrni 
uzaytirishga intildi va bu orzuni amalga oshirish uchun doimo vosita qidirdi.


“Keksalik va hozirgi zamon: mavjud holat, rivojlanish tendensiyalari va istiqboldagi muammolar” 
mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to‘plami
183
Ma’no-mohiyatiga ko‘ra, gerontologiya – insoniyat madaniyati tengdoshi, u 
eng zamonaviy fanlarning qadimiysi va qadimiy fanlarning zamonaviysi bilan bir 
qatorda turadi. Keksalik haqidagi fan barcha davrlarda olimlar yaratgan yangi ilmlarni 
o‘zida mujassamlantirdi. Bular tibbiyot, fiziologiya, falsafa va biologiya, psixologiya, 
sotsiologiya, demografiya va etnografiya, tarix va huquqshunoslik bo‘lib, keyinchalik 
gerontologiya bioximiya, psixoanalitika, psixofiziologiya kabi yangi fan yutuqlari 
bilan boyidi. Keksalarni ijtimoiy himoyalash, qadrlash, inson hayotining mazmun-
mohiyatiga doir masalalarning metodologik asosi qadimdan olimlarni qiziqtirib kelgan. 
Ma’naviy merosimiz «Avesto»da ham keksalarni qadrlash, ularga hurmat-ehtirom 
ko‘rsatish inson hayotining ma’no-mazmunini belgilaydigan muhim mezon ekani 
ta’kidlangan. «Avesto»da yozilishicha, insonning yashashidan maqsadi metindek 
e’tiqodli bo‘lib, yurtni obod, elni farovon, turli qavmlarning bir-biri bilan do‘st, 
qariyalarni qadrlab, e’zozlab, ular nasihatlariga rioya etib, qariyalar bilan yoshlar 
bir-biri bilan inoq, bahamjihat bo‘lishini ta’minlashdan iboratdir.
Bu mavzuga bag‘ishlangan asarlar sifatida Mark Tuliy Sitseron (eramizgacha 
106-43 yy.)ning «Katta Katon keksalik haqida» va Abu Ali ibn Sino (980-1037 y.)
ning «Tib qonunlari» asarini aytish mumkin. Mazkur asarlarni asrlar ajratib turadi, 
ammo qarilik muammolariga bag‘ishlangan maxsus va ilk tadqiqotlardan bo‘lganligi 
ularni birlashtiradi.
Keksalik masalasiga Abu Nasr Forobiy, Rizouddin ibn Faxriddin va boshqa Sharq 
allomalari ham alohida e’tibor qaratganlar. Jumladan, Kaykovus «Qobusnoma» asarida 
quyidagilarni yozadi: «Har kishi ota-ona (asli)ning yaxshiligini bilmasa, birovning 
yaxshiligiga baho berolmaydi. O‘z farzanding seni hurmat qilishini istasang, sen ham 
ota-onangni hurmat qil, chunki sen ota-onang haqiga nima ish qilsang, farzandlaring 
ham senga shunday ish qiladi»
67
. Insonning ota-onasi barhayot chog‘lari eng baxtiyor, 
eng mas’uliyatli va g‘animat damlardir. Shu bois imkon qadar ularni rozi qilish va 
duolarini olish har bir oqil farzandning muqaddas burchidir.
Rizouddin ibn Faxriddin «Ilmi axloq» kitobida: «Naqadar baxt va martabalarga 
erishgan bo‘lsangiz-da, ota-onalaringizni hech vaqt unutmangiz! Ularga itoatli bo‘lib, 
hurmat qilingiz! Nasihatlarini tinglab, rizoliklarini olingiz!»
68
deya uqtirgan. XX asr 
boshlarida yashab o‘tgan M.Behbudiy, A.Fitrat kabi ma’rifatparvarlarning asarlarida 
jamiyat taraqqiyotida keksalarning o‘rni, ularni qadrlash mezonlari haqida fikrlar 
bildirilgan.
Bugungi kunda dunyoda keksayish va keksalik muammolari xalqaro ahamiyatga 
molik ijtimoiy-sotsiologik masalaga aylanmoqda. Bunda keksayish jarayon, keksalik 
67
Кайковус. Қобуснома. – Тошкент: А.Қодирий номидаги Халқ мероси нашриёти, 1992. – Б.176.
68
Ризоуддин ибн Фахриддин. Илми ахлоқ. – Тошкент: Чўлпон, 1993. – Б.60.



Download 4.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   201




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling