“Keksalik va hozirgi zamon: mavjud holat, rivojlanish tendensiyalari va istiqboldagi muammolar”
mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to‘plami
58
amalga oshirlayotgan jadal islohotlarni kuzatar ekan, bu yangilanishlar
tashabbuskori
Hurmatli yurtboshimiz Sh.Mirziyoyevni
“Xitoy mo‘’jizasi” muallifi Den Syaopinga
qiyoslashmoqda. Ehtimol, bu o‘xshashlikni tahlilchilar ochiqlik va keskin islohotlar
asosida donishmandlik bilan ish tutgan Den Syaopinning
“Odamlar o‘tgan yilga
nisbatan bu yil yaxshiroq yashasin” degan yagona shiori bilan
Shavkat Mirziyoyevning
“Odamlar ertaga emas, uzoq kelajakda emas, bugun yaxshi yashashi kerak”
degan amaliy tashabbuslari o‘rtasida ko‘rgan bo‘lishlari ham mumkin”
22
. Hurmatli
yurtboshimiz faoliyatining
ilk kunlaridanoq, hududlarda uchrashuvlar, odamlarning
kayfiyati, ularning yashash tarzi bilan qiziqish, ularning dard-u orzularini tinglash,
xalqning ichiga kirish, uni rozi qilish degan talablarning o‘rtaga qo‘yilishi
asosiy
maqsadi edi.
O‘zbekiston Respublikasida o‘tkazilayotgan mamalakat iqtisodini barqaror va
dinamik ravishda rivojlantirishga tayangan kuchli ijtimoiy siyosat natijasida aholi
farovonligi jiddiy ravishda o‘sib bormoqda, odamlarning turmush
sifati yaxshilanmoqda
va bu o‘z navbatida o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligining va aholi strukturasida keksa
yoshdagi odamlar ulushining oshishiga asos bo‘ldi.
Davlatimiz rahbari Prezidentlik lavozimiga kirishgan ilk davrdanoq keksalarga
doimiy g‘amxo‘rlik ko‘rsatish davlatimiz siyosatining ustuvor
vazifalaridan biriga
aylandi. Bu borada Yurtboshimizning keksalarni qo‘llab –quvvatlash davlat tizimini
yanada takomillashtirish maqsadida qariyalar va faxriylarni ijtimoiy himoyalash,
ularning faolligini oshirish,mamlakatning ijtimoiy-siyosiy hayotida to‘laqonli ishtirok
etishlari uchun shart-sharoitlar yaratish, tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash sohasida
kata avlod vakillarining rolini oshirish
uchun qabul qilingan
Do'stlaringiz bilan baham: