«старость и настоящее время: текущая ситуация, тенденции развития и предстоящие проблемы»


“Keksalik va hozirgi zamon: mavjud holat, rivojlanish tendensiyalari va istiqboldagi muammolar”


Download 4.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/201
Sana15.11.2023
Hajmi4.8 Mb.
#1777178
TuriСборник
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   201
Bog'liq
Конференция 13-oktyabr 2022

“Keksalik va hozirgi zamon: mavjud holat, rivojlanish tendensiyalari va istiqboldagi muammolar” 
mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to‘plami
60
shuningdek, hududlarni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish, tomorqadan unumli 
foydalanishni targ‘ib qilish kabi masalalarda nuroynilarimiz faolligini oshirishga 
alohida e’tibor qaratilmoqda davlatimizda bugun. Jumladan, fikrimizni isboti sifatida; 
2017-yil – Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yilida “Namangon viloyati tuman 
va shaharlaridagi fuqarolar yig‘inlari, o‘quv muassasalari soni va salmog‘idan kelib 
chiqqan holda, o‘z hududlarida obro‘-e’tibor, malaka va tajribaga ega faol nuroniylar 
maxsus ishchi guruhlariga jalb etilgan. Jumladan, faollarning 173 nafari qishloq xo‘jaligi 
bilan bog‘liq ishlarga, 1900 nafari fuqarolar yig‘inlari ishiga, 343 nafari ichki ishlar 
bo‘limlari nazoratida turgan yoshlar bilan ishlashga, 1020 nafari ta’lim muassalariga 
o‘zlarining boy hayotiy tajribasi va bilimlari bilan ko‘maklashmoqdalar”
24

Hurmatli yurtboshimiz 2021-yil saylov oldi dasturida aytganlaridek: 
“Har bir 
insonning qadri bor”. Demoqchimizki, odamga kuch bag‘ishlaydigan eng muhim 
vosita ham bu – e’tibordir. E’tibor natijasida jamiyat ravnaq topadi, odamlar ko‘nglida 
yangi orzu-umidlar paydo bo‘ladi. E’tiborli bo‘lgan inson hayotga, yon-atrofida ro‘y 
berayotgan voqealarga befarq qaramaydi. U odamlarning tashvishi, dardiga sherik 
bo‘ladi, ular uchun kuyunadi. 2018-yil “Nuroniy” jamg‘armasi Jizzax viloyat, shahar va 
tumanlar bo‘limlari tomonidan yoshlar bilan ishlash, ular o‘rtasida huquqbuzarliklarning 
barvaqt oldini olish hamda oilalardagi ahillik va tinch, osoyishta, shukronalik bilan 
hayot kechirishni ta’minlashda hamkor jamoat tashkilotlari bilan birgalikda quyidagi 
ishlar amalga oshiriigan. Jumladan: 2018-yilda Jizzax viloyatida “290 ta ishchi nuroniy 
guruhlari hamkor jamoat tashkilotlari vakillari bilan birgalikda yoshlar o‘rtasida 
huquqbuzarlik holatlarini oldini olish, oilalarning ijtimoiy muammolarini o‘rganish 
borasida 112 104 ta oilalar o‘rganilib chiqildi. O‘rganishda 5 470 ta ijtimoiy himoyaga 
muhtoj, 2485 ta yashash sharoitini yaxshilashga muhtoj va 15 974 ta tadbirkorlikga 
istagi bor, 672 ta notinch, 282 ta jinoyatchilikka moyil va 170 ta (71ta ayol, 99 ta 
erkak) o‘z joniga qasd qilgan oilalar borligi aniqlandi. Nuroniylar guruhining bevosita 
harakati va shahar, tuman tashkilotlarining yordami bilan 493 ta oilalarning yashash 
sharoitini yaxshilashga yordam berilib, 4 000 dan ziyod oilaga tadbirkorlik qilishlari 
uchun banklardan kredit olishlariga amaliy yordam ko‘rsatildi. 398 nafar yoshlar 
hunarmandchilik kasbiga yunaltirildi. O‘rganishda aniqlangan turli ekstremistik oqimga 
kirgan 195 nafar (shu jumladan 5 nafar yoshlar) shaxslar bilan tarbiyaviy suhbatlar 
ushtirilib, ularga doimiy murabbiylar biriktirildi”
25


Download 4.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   201




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling