“Keksalik va hozirgi zamon: mavjud holat, rivojlanish tendensiyalari va istiqboldagi muammolar”
mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to‘plami
66
Hozirgi kunda mamlakatimizning barcha hududlarida uch avlod vakillari o‘rtasida
samimiy uchrashuvlar o‘tkazilayotgani, ularda muhtaram nuroniylarimiz ham faol
ishtirok etib, o‘zlarining mehnat va hayot tajribasi, bugungi tinch va yorug‘ kunlarning
qadr-qimmati va ahamiyati haqida bildirayotgan fikrlari yoshlarimiz uchun chinakam
tarbiya maktabi bo‘lib xizmat qilmoqda.”- deb javob bergan edilar muhtaram
Prezidentimiz Sh. Mirziyoyev.
1974-yil 23-noyabr kuni Indera Gandi o‘zning Dehlidagi bir nutqida: “Ko‘hna
sanskrit maqolida shunday deyiladi: “Ayol bu — oila, oila esa jamiyatning asosidir”.
Biz o‘zimizga ro‘zg‘or quribgina jamiyatni barpo eta olamiz. Agar oilada bir qizni
ta’lim olishiga imkon yaratilsa, butun bir oilani farzandlarini ham ta’limi uchun hissa
qo‘shilishini ta’kidlagan edi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 5-martda
“Xotin-qizlarni
qo‘llab-quvvatlash, ularning jamiyat hayotidagi faol ishtirokini ta’minlash
tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” N PQ-5020 qarori
qabul qilindi. Qarorning 6-bandida a) 2021-yilda “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”
va “Temir daftar”ga kiritilgan xotin-qizlarni uy-joy bilan ta’minlash maqsadida, ularga
ipoteka kreditlari bo‘yicha boshlang‘ich badalni to‘lab berish va ijtimoiy uy-joylar
sotib olish uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent
shahar mahalliy byudjetlariga: noturar joylarda istiqomat qilayotgan ayollarni uy-joy
bilan ta’minlashga - 10 milliard so‘mdan;
-ota-onasidan yoki ularning biridan ayrilgan hamda yolg‘iz onasi, yolg‘iz otasi yoki
boshqa shaxslar qaramog‘ida bo‘lgan voyaga еtgan uy-joyga muhtoj xotin-qizlarni
uy-joy bilan ta’minlashga - 5 milliard so‘mdan mablag‘ ajratsin;
b) bir hafta muddatda ayollar muammolarini tizimli va manzilli ravishda o‘rganish
va hal etish doirasida shakllantirilgan maxsus jarrohlik amaliyotlari o‘tkazish orqali
davolanishga muhtoj ehtiyojmand xotin-qizlar ro‘yxatidagi hamda “Ayollar daftari”,
“Yoshlar daftari” va “Temir daftar”ga kiritilgan xotin-qizlarning davolanishi uchun
Jamg‘armaga 30 milliard so‘m yo‘naltirildi.
Belgilansinki, mazkur bandda ko‘zda tutilgan chora-tadbirlarni moliyalashtirishga
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti topshiriqlariga asosan hududlarni ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlantirish xarajatlari uchun ajratilgan mablag‘lar hisobidan jami 240
milliard so‘m yo‘naltirildi.
2021-yil 14-aprel kuni
Do'stlaringiz bilan baham: |