«старость и настоящее время: текущая ситуация, тенденции развития и предстоящие проблемы»


“Xotin-qizlarni qo‘llab quvvatlash davlat maqsadli


Download 4.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet66/201
Sana15.11.2023
Hajmi4.8 Mb.
#1777178
TuriСборник
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   201
Bog'liq
Конференция 13-oktyabr 2022

“Xotin-qizlarni qo‘llab quvvatlash davlat maqsadli 
jamg‘armasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi Hukumat qarori qabul qilindi. 
O‘zbekistonda xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi qayta tashkil etildi.


“Keksalik va hozirgi zamon: mavjud holat, rivojlanish tendensiyalari va istiqboldagi muammolar” 
mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to‘plami
67
Unga ko‘ra, “Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasi 
faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi hukumat qarori qabul qilingan va qaror bilan 
birga jamg‘arma to‘g‘risidagi nizom tasdiqlangan. Ta’kidlanishicha, jamg‘arma: og‘ir 
ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlarga, shu jumladan, nogironligi bo‘lgan 
shaxslarga, nogironligi bo‘lgan farzandlarini tarbiyalayotgan, kam ta’minlangan, 
farzandlarini to‘liqsiz oilada tarbiyalayotgan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj 
xotin-qizlarga uy-joylarning boshlang‘ich badalini to‘lab beradi;
xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, sog‘lig‘ini saqlash, ayollar 
sportini rivojlantirish, mehnat va o‘qish sharoitlarini yaxshilash bilan bog‘liq tadbirlarni 
moliyalashtirishga ko‘maklashadi;
xotin-qizlarning tadbirkorlik tashabbuslarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash 
uchun tijorat banklariga resurs mablag‘larini belgilangan tartibda joylashtiradi;
xotin-qizlarga mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasblar bo‘yicha bilim va 
ko‘nikmalarni egallashlari uchun zarur sharoitlar yaratish bilan bog‘liq tadbirlarni 
moliyalashtirishga ko‘maklashadi. Eslatib o‘tamiz, avvalroq Prezident farmoni bilan 
“El-yurt umidi” jamg‘armasi xorijda o‘qiydiganlar uchun o‘rinlar sonini 5 baravarga 
oshirilishi xabar qilingandi.
2021-yil martda 
“O‘zbekistonda Respublika xotin-qizlar jamoatchilik 
kengashi” tashkil qilindi. O‘zbekiston Prezidenti mamlakatda Respublika xotin-qizlar 
jamoatchilik kengashini tashkil qilishni nazarda tutuvchi qarorni imzoladi. Quyidagilar 
kengashning vazifalari etib belgilandi:
– xotin-qizlarni ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ularni qo‘llab-quvvatlashga doir 
islohotlarning mazmun-mohiyati va ahamiyatini aholi o‘rtasida keng targ‘ib qilish;
– xotin-qizlarning ta’lim va kasbiy ko‘nikmalar olishlari, munosib ish topishlariga 
har tomonlama ko‘maklashish, tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash, iqtidorli yosh xotin-
qizlarni aniqlash va ularning qobiliyatlarini to‘g‘ri yo‘naltirish;
– hududlarda, ayniqsa, qishloqlarda xotin-qizlarga ko‘rsatiladigan tibbiy-ijtimoiy 
xizmatlar sifatini, ular o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini ta’minlash borasidagi ishlar 
samaradorligini oshirish;
– xotin-qizlarning oilalarni mustahkamlash, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni 
asrab-avaylash hamda ularning farzand tarbiyasidagi rolini oshirish choralarini ko‘rish 
va boshqalar.
Xotin-qizlarni va oilani qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasi Xotin-
qizlarni qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasi sifatida qayta tashkil etiladi. 
Har yili davlat byudjetidan jamg‘arma vazifalariga har yili 300 milliard so‘mgacha 
mablag‘ ajratiladi.



Download 4.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   201




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling