«старость и настоящее время: текущая ситуация, тенденции развития и предстоящие проблемы»


“Keksalik va hozirgi zamon: mavjud holat, rivojlanish tendensiyalari va istiqboldagi muammolar”


Download 4.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet71/201
Sana15.11.2023
Hajmi4.8 Mb.
#1777178
TuriСборник
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   201
Bog'liq
Конференция 13-oktyabr 2022

“Keksalik va hozirgi zamon: mavjud holat, rivojlanish tendensiyalari va istiqboldagi muammolar” 
mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to‘plami
72
“Yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va ularning ijtimoiy faolligini 
oshirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmon bu fikrni 
tasdiqlaydi.
Mazkur hujjatda mamlakatimiz yoshlari uchun qo‘shimcha 30 dan ortiq yangi 
imtiyoz va imkoniyatlar yaratish ko‘zda tutilgan. Ana shunday imkoniyatlardan faqat 
bittasi haqida fikr yuritmoqchiman. “Temir daftar”ga kiritilgan oilalarning oliygohlarda 
ta’lim olayotgan farzandlarining 2021-2022 o‘quv yilidagi kontrakt puli birinchi o‘quv 
yili uchun Davlat byudjeti hisobidan to‘lab beriladi. Bunday imkoniyatdan yurtimiz 
bo‘yicha 4 mingdan ziyod oilalar farzandlari foydalanadi. Buning uchun byudjetdan 
29,2 milliard so‘m ajratiladi.
Yurtimizda ota-onasidan ajragan, mehrga muhtoj bolalarni qo‘llab-quvvatlash, 
ularning ta’lim-tarbiya olishi, ish joyi va uyiga ega bo‘lishi, jamiyatda munosib o‘rin 
topishi, “Mehribonlik uylari”, maxsus maktab-internatlar va “Bolalar shaharchasi”ning 
moddiy-texnik bazasi, kadrlar salohiyatini mustahkamlashga jiddiy e’tibor berilmoqda.
Ayniqsa, “Mehribonlik uylari”dagi bolalarni oilaga yaqin muhitda tarbiyalash, 
bilimli, kasb-hunarli va ma’naviyatli, vatanparvar insonlar etib voyaga еtkazish – 
hammamizning muqaddas burchimiz. Shularning barchasini hisobga olib, “Mehribonlik 
uylari” va maxsus maktab-internatlarda ta’lim-tarbiya samaradorligini oshirish 
bo‘yicha yangi tizimni joriy etmoqdamiz.
Ana shunday o‘quv-tarbiya muassasalari tarbiyalanuvchilarining muammolarini 
o‘rganish hamda hal etish, ularning orzu-istaklarini ro‘yobga chiqarish bo‘yicha yangi 
tizim – 
“Mehr daftari” joriy etilmoqda. Shuningdek, еtim va ota-ona qaramog‘idan 
mahrum bo‘lgan bolalarni uy-joy bilan ta’minlash tartibi belgilandi. Unga ko‘ra, o‘ziga 
biriktirilgan uy-joyga ega bo‘lmagan va turarjoyga muhtoj sifatida hisobda turgan ana 
shunday bolalarga ular 18 yoshga to‘lgan yili umumiy maydoni 25 kvadrat metrdan 
kam bo‘lmagan 1 xonali, voyaga еtgan bolalar o‘rtasida nikoh tuzilgan holatlarda esa 
50 kvadrat metrdan kam bo‘lmagan 2 xonali kvartiralar ajratiladigan bo‘ldi. 
Respublikamizda xotin qizlar masalasiga katta e’tibor berilishiga qaramay, 

Download 4.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   201




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling