«старость и настоящее время: текущая ситуация, тенденции развития и предстоящие проблемы»


“Keksalik va hozirgi zamon: mavjud holat, rivojlanish tendensiyalari va istiqboldagi muammolar”


Download 4.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet79/201
Sana15.11.2023
Hajmi4.8 Mb.
#1777178
TuriСборник
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   201
Bog'liq
Конференция 13-oktyabr 2022

“Keksalik va hozirgi zamon: mavjud holat, rivojlanish tendensiyalari va istiqboldagi muammolar” 
mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to‘plami
79
Toshkentdagi Xadichai Kubro islom o‘rta-maxsus bilim yurtining o‘quv jarayonlari 
keyingi davrlarda ancha takomillashib, uning kadrlar tayyorlash tizimida ham 
o‘zgarishlar kuzatilgan. Bilim yurti markazda joylashganligi sababli xotin-qizlarning 
ushbu ilm dargohida tahsil olish ehtiyojining yuqoriligi muammosi xali-xanuz saqlanib 
qolmoqda. Keyingi paytlarda 1 o‘ringa 30-40 abiturient to‘g‘ri kelayotganligidan 
xotin-qizlarning diniy ta’lim olishga bo‘lgan istagi ortib borayotganini ko‘rish 
mumkin. Mamlakatda xotin-qizlarning diniy ta’lim olishga sharoit yaratish maqsadida, 
respublikada barcha islom o‘rta-maxsus bilim yurtlari qoshida qur’on kurslari tashkil 
etilib, tegishli tartibda o‘qitish joriy qilingan. Bugungacha Xadichai Kubroni 800 
ga yaqin xotin-qizlar tamomlab chiqqan bo‘lsa, ular mamlakatning turli jabhalarida 
faoliyat ko‘rsatib kelmoqdalar. 
Keyingi yillarda Respublikada gender siyosati alohida ustuvor yo‘nalish sifatida 
qaralib, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy hayotdagi ishtiroki ta’minlanib, “Ayollarga ilm 
berish – jamiyatni ilmli, ma’rifatli va salohiyatli qilish” [6.250B] degan aqida hayotga 
izchil tadbiq etilmoqda. Mazkur ishlarni bajarishda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi 
Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning Xotin-qizlar bilan ishlash bo‘limi, O‘zbekiston 
musulmonlari idorasining ayollar bo‘limi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi qoziyoti, 
Toshkent shahar, viloyatlar vakilligi bosh imom-xatiblarining ayollar masalalari 
bo‘yicha yordamchilari diniy sohada faoliyat yuritayotgan xotin-qizlarning bilimlarini 
mustahkamlash, ularga reja asosida seminar va o‘quvlar tashkil qilish, diniy-ma’rifiy 
sohada “jaholatga qarshi ma’rifat” bilan kurashish konsepsiyasi asosidagi ustuvor 
vazifalarni amalga oshirib kelmoqdalar. 
Shu o‘rinda ayollar diniy ta’limini ham davr talabiga mos holda takomillashtirish 
zarurati tug‘ilmoqda. O‘zbekistondagi islom svilizatsiyasi markazi, tashkil etilayotgan 
xalqaro ilmiy tadqiqot markazlari, Xalqaro islom akademiyasi, Toshkent Islom instituti 
ayollar bo‘limi, Mir arab oliy madrasasi ayollar bo‘limi, o‘rta-maxsus ayollar bilim 
yurtlarini hamda mazkur sohadagi boshqa ilmiy maskanlar faoliyatini hamkorligini 
yanada kuchaytirish orqali keng xalq ommasiga sof islom dini ta’limotining еtkazilishini 
ta’minlash, shuningdek, dinimizdagi ayollar masalasidagi nozik tushunchalarni oila 
va jamiyatning ayollar bilan bog‘lik o‘tkir muammolarini islom dini tadqiqotlarida 
ayollar masalalari yo‘nalishlarini tobora rivojlantirish orqali еtuk iqtidorli, ma’rifatli 
olimalar еtishtirishni davrning o‘zi taqozo qilmoqda. 



Download 4.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   201




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling