“Keksalik va hozirgi zamon: mavjud holat, rivojlanish tendensiyalari va istiqboldagi muammolar”
mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to‘plami
91
So‘rov natijalariga ko‘ra keksa fuqarolar kamroq qismi o‘zlarining
moliyaviy
ahvoli, inflyatsiya darajasi, kommunal xizmatlaridan xavotirga tushadilar. Shuning
uchun qariyalarning 28% ishlashda davom etishni xohlaydilar (6-jadval).
6-jadval
Ishlashda davom etishni xohlarmidingiz?
Siz kimning fikrini ko‘proq qadrlaysiz? degan savolga respondentlarimiz,
umuman
olganda, qariyalar uchun eng muhimi ijtimoiy guruh bu – oila va qarindoshlar
davrasi (65%).
Bundan tashqari, sezilarli darajadagi bir xil yoshdagi odamlar (17%),
do‘stlar (16%), shuningdek qo‘shnilar (9%) fikrlarini qadrlashlarini aytishgan.
Respondentlarning 13% hech kimni fikrini ma’qullamasliklarini, balki o‘zini
qiziqishlari bilan qolishini aytishgan.
Keksalarning ijtimoiy farovonligi avvalo, ularning sog‘ligi,
kelajakka munosabati,
shuningdek hayotdan qoniqishga bog‘liq bir qator jihatlar bilan baholanadi.
Keksalarning pansionatga kelib qolish sabablarini o‘rganganimizda, markazda
yashashning muhimligi sababi o‘z-o‘zini parvarish qilish qobiliyatining pasayishi
aytilgan. Ikkinchi o‘rinda turar joy еtishmasligi. Bu degani, keksa fuqarolar pansionatni
o‘z uylaridek, yaqinlarining g‘amxo‘rligi bilan ko‘rishni xohlashadi. Uchinchi o‘rinda,
keksalarning yolg‘izlik muammosi turadi. Bu shuni ko‘rsatadiki, keksalar
muloqotga
muhtoj, suhbatdosh qidirib, ijtimoiy aloqalarni tashkil etishga harakat qilishadi.
(7-jadval)