“Keksalik va hozirgi zamon: mavjud holat, rivojlanish tendensiyalari va istiqboldagi muammolar”
mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to‘plami
87
Urush va mehnat faxriylari uchun Respublika pansionatidagi pensioner va
nogironlarning kelgan hududlari (kishi his.)
Urush va mehnat faxriylari uchun Respublika pansionati doimiy yoki vaqtinchalik
yashash uchun muassasa bo‘lib, Bu yеrda yashagan har bir keksa fuqaroning hayot
tarixini o‘z arxivlarida saqlaydi. Har bir keksa fuqaroning pansionatda yashashining
o‘ziga xos sabablari bor. Biz 2020-yil yanvar oyida Urush va mehnat faxriylari
uchun Respublika pansionatidagi keksa fuqarolarning ijtimoiy farovonligini aniqlash
maqsadida ijtimoiy so‘rovnoma o‘tkazdik. Tadqiqotning muhim jihati pansionatdagi
keksalarga ko‘rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar darajasini aniqlash edi.
Tadqiqot so‘rov va intervyu metodlari yordamida olib borildi. So‘rovnomada 99
nafar keksalar qatnashdi, ularning 51 nafari ayol, 48 nafari erkaklar. Respondentlarning
41% “55-65 yosh”, 39% “66-75 yosh”, 20% “75 yoshdan kattalar”.
“Keksalar o‘z tinchligini baholashi”ni ko‘rib chiqganda, ular 4 ta asosiy narsaga
e’tibor berganliklari aniqlandi. Sog‘liq – 80%, baxtli turmush, oila, bola-chaqa – 51%,
xotirjam qarilik – 49%, moddiy farovonlik – 43%.
Keyin ushbu to‘rtlikda keng farq bilan qo‘yidagi qiymatlar olindi: mamlakatda
tinchlik – 18%, yaxshi do‘stlar, qo‘shnilar – 17%, boshqalarning hurmati – 16%,
vijdoniylik – 10%, qiziqarli dam olish – 7% (1-jadval).
“Keksalik va hozirgi zamon: mavjud holat, rivojlanish tendensiyalari va istiqboldagi muammolar”
mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to‘plami
88
1-jadval
Keksalar o‘z tinchligini baholash.
2-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |