«старость и настоящее время: текущая ситуация, тенденции развития и предстоящие проблемы»
Download 4.8 Mb. Pdf ko'rish
|
Конференция 13-oktyabr 2022
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ключевые слова
- “Keksalik va hozirgi zamon: mavjud holat, rivojlanish tendensiyalari va istiqboldagi muammolar” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to‘plami 83
Kalit so‘zlar: keksayish, «Saxovat» va «Muruvvat», vasiylik, Urush va mehnat faxriylari uchun
respublika pansionati. Аннотация. В данной статье подчеркивается понятие «старост», работа, проводимая в рамках социальной химиотерапии пожилых людей в Республиканском доме-интернате для ветеранов войны и труда. Ключевые слова: старост, «великодушие» и «милосердие», опека, Республиканский дом- интернат для ветеранов войны и труда. Annotation. This article emphasizes the concept of “old age”, the work carried out within the framework of the social protection of the elderly in the Republican boarding school for war and labor veterans. Key words: old age, “generosity” and “Mercy”, guardianship, Republican boarding school for war and labor veterans. So‘nggi yillarda mamlakatimizda “Inson qadri uchun” tamoyili asosida «Saxovat» va «Muruvvat» internat uylarida vasiylikka olingan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish, ularning jamiyatdagi o‘rnini mustahkamlash yuzasidan zarur chora-tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda. 2022-yil 30-avgust kuni Prezidentimizning “Saxovat” va “Muruvvat” internat uylari hamda Urush va mehnat faxriylari uchun Respublika pansionati faoliyatini rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-365 son Qarori 29 vasiylikka olingan keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga qaratilgan davlat siyosatini ko‘rsatib beradi. “Saxovat” va “Muruvvat” internat uylari hamda Urush va mehnat faxriylari uchun Respublika pansionatida istiqomat qilayotgan bolalar, keksalar va nogironligi 29 https://lex.uz/uz/docs/6178090 “Keksalik va hozirgi zamon: mavjud holat, rivojlanish tendensiyalari va istiqboldagi muammolar” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to‘plami 83 bo‘lgan shaxslarga tibbiy-ijtimoiy va maishiy xizmatlar ko‘rsatishning yangilangan tizimini joriy etish orqali ularni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash choralarini yanada kuchaytirish, ularga hamho‘rlik qilish maqsadida qilingan Vazirlar Mahkamasi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi va Tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligining «Saxovat» va «Muruvvat» internat uylari hamda Urush va mehnat faxriylari uchun Respublika pansionatini Davlat bojxona qo‘mitasiga biriktirish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berildi. Ho‘sh aslida “Saxovat” va “Muruvvat” internat uylari hamda Urush va mehnat faxriylari uchun Respublika pansionatida istiqomat qilayotgan aholi qatlami qanday omillar ta’siri yuzaga keldi? Ularni hayotga bo‘lgan intilishlari, orzu-maqsadlari nimalardan iborat? Ularni “Saxovat” va “Muruvvat” internat uylari hamda Urush va mehnat faxriylari uchun Respublika pansionatidagi hayotini mazmunli o‘tkazishi uchun qanday ilmiy tadqiqotlar va innovatsion loyihalar amalga oshirilmoqda. Men rahbarlik qilayotgan Urush va mehnat faxriylari uchun Respublika pansionati vasiylikka olingan keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarni odatiy hayotga bog‘lovchi va unga tayyorlovchi transfer vazifasini bajarishimiz lozim deb hisoblayman. Bu bugungi kunning, zamoni talabi. Mamlakat aholisining demografik o‘sishi (Xitoy, Hindiston) yoki pasayishi (Rossiya va Yevropa davlatlari) bir qator davlatlarda asosiy muammolardan biriga aylangan. Umumiy aholining katta qismini keksalarni tashkil qilishi bu zamonaviy demografik hodisasidir. Har bir mintaqada keksayishning rivojlanishi ittensiv bo‘lsada, keksayishning rivojlanishi hozirgi kunda barcha davlatlar uchun xos bo‘lmoqda. Aholining keksayishi aholi umumiy sonida ulug‘ yoshdagilar ulushini ortishi, yoshlar salmog‘ining kamayishi, shu bilan birga o‘rta yoshdagi aholi sonining ko‘payishida o‘z aksini topadi. Takidlash joizki, aholining keksayishi deganda bu yosh guruhidagi kishilar salmog‘ining, balki mutloq sonning ortishi ham tushuniladi. O‘zbekistonda ham bugungi kunda jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy hayotida sodir bo‘layotgan o‘zgarishlar demografik jarayonlarga sezilarli darajada ta’sir ko‘rsatdi. O‘lim ko‘rsatgichlari keskin oldingi yillarga qaraganda kamayib bormoqda. Buning natijasida aholining “keksayishi” jarayoni tezlashdi. Fanda keksalik va uning dastlabki ko‘rinishlari, keksalik yoshi va uning chegaralari kabi masalalar atrofida baxs-munozaralar anchadan beri olib borilmoqda. Lekin so‘rngi yillardagina bu masalalar iqtisodiyot, demografiya, sotsiologiya, gerontologiya kabi fanlarning jiddiy tadqiqot abektiga aylandi. Chunki aholining keksayish jarayoni bilan bir vaqtda keksa kishilarning ijtimoiy, fiziologik va biologik xarakteristikasida |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling